Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Qashqadaryo viloyatida pul evaziga Milliy gvardiyaga ishga joylashtirishni vaʼda bergan firibgar shaxs ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga Qarshi shahridagi taʼlim muassasalarining birida ombor mudiri sifatida faoliyat yurutuvchi 41 yoshli X.M. o‘zining yuqoridagi tanishlari orqali fuqaro T.B ning o‘g‘lini 7 ming AQSH dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga olib kirib qo‘yishni vaʼda qilganligi haqida maʼlumot kelib tushgan.

Olingan xabarga ko‘ra joriy yilning 15 sentyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.H oldindan kelishilgan pulning 5000 AQSH dollarini fuqaro B.T dan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (“Firibgarlik”) va 28-modda (“Jinoyatda sheriklikning turlari”) va 211-moddasi 1-qismi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Agar sizga noqonuniy pul mablag‘lari evaziga Milliy gvardiyada ishlash yoki taʼlim muassasalarida o‘qish taklif qilinsa, bu haqda Milliy gvardiya Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga veb-saytda ko‘rsatilgan telefon raqamlari orqali xabar bering.

Text to speech