Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

SHAXMAT BO‘YICHA XXX SPARTAKIADA MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari poytaxtimizdagi O‘zbekiston Respublikasi Shaxmat federatsiyasi bazasida huquqni muhofaza qiluvchi organ hodimlari o‘rtasida XXX Spartakiada dasturiga kiritilgan shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa karantin qoidalariga to‘la amal qilingan holda o‘tkazilib, unda 12 ta jamoa hamda 50 ta ishtirokchilar o‘zaro bellashishdi.

Harbiy xizmatchi va hodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ushbu sport turini yana-da ommaviylashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur bellashuvda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Izzatulla Sultanov faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimi Boymurodov Bahodir egalik qilgan bo‘lsa, Davlat xavfsizlik xizmati xodimasi Mamatqulova Maftuna uchinchi pog‘onadan o‘rin egalladi.

Shuningdek, bahslar umumjamoa hisobida 1-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi, 2-o‘rinni Davlat bojxona qo‘mitasi jamoasi, 3-o‘rinni Milliy gvardiyasi jamoasi egalladi.

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech