Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

TUNDAGI O‘G‘IRLIKNING OLDI OLINDI

Joriy yilning 28 mart kuni tungi soat 02.19 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi 3 bo‘linmasining   Texnik qo‘riqlash punkti tomonidan qo‘riqlanayotgan G‘azalkent shahri Lutfiy ko‘chasidagi xususiy korxonalarning biriga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat do‘konidan  “tashvish” xabari kelib tushgan.

Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari xabar olingan joyga belgilangan vaqtda yetib borib, do‘kon ko‘zdan kechirilganda uning kirish eshigi qulfi buzib ochilganligi va ichkarida nomaʼlum shaxs yurganligi aniqlangan. Ushbu shaxs xodimlar tomonidan qo‘lga olinib  dastlabki o‘rganish ishlari olib borilganda u G‘azalkent shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.K. ekanligi maʼlum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech