TUNDAGI O‘G‘IRLIKNING OLDI OLINDI
Joriy yilning 28 mart kuni tungi soat 02.19 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi 3 bo‘linmasining Texnik qo‘riqlash punkti tomonidan qo‘riqlanayotgan G‘azalkent shahri Lutfiy ko‘chasidagi xususiy korxonalarning biriga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat do‘konidan “tashvish” xabari kelib tushgan.
Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari xabar olingan joyga belgilangan vaqtda yetib borib, do‘kon ko‘zdan kechirilganda uning kirish eshigi qulfi buzib ochilganligi va ichkarida nomaʼlum shaxs yurganligi aniqlangan. Ushbu shaxs xodimlar tomonidan qo‘lga olinib dastlabki o‘rganish ishlari olib borilganda u G‘azalkent shahrida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro A.K. ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tuman IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.