«O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan ustivor vazifalar ijrosi yuzasidan Milliy gvardiya maʼnaviyat va maʼrifat markazida «Mamlakatda ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish tendensiyalari» (Ekomuvozanatni mustahkamlashda istiqbolli yondashuvlar) mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Video-konferens-aloqa tarzida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o'rinbosari S.Mamayusupov , O‘zbekiston ekologik partiyasi rahbari A.Xamzayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi Sh.Tuxtaboyev, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining o‘rinbosari J.Kazbekovlar va hududlardan mingga yaqin sohaga oid mutaxassislar ishtirok etdi.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek kuyish uchun taʼsirchan choralarni ko‘llashni yana-da takomillashtirish; ekologik xavfsizlikni mustahkamlash va ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha yetakchi xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan kelib chiqib taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; ekologik xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlashga qaratildi.
Savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan tadbir yakunida, mehmonlar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida markaz hududiga daraxt ko‘chatlari ekildi.