Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bayrogʻi 
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi Farmoniga muvofiq tasdiqlangan)

 

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bayrog‘i (keyingi o‘rinlarda – bayroq deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga xos bo‘lgan xususiyatlarini ifodalovchi idoraviy rasmiy ramz hisoblanib, butun uzunligi bo‘ylab bayroqni teng ikkiga ajralgan – to‘q qizil va oq rangli bo‘laklardan tarkib topgan, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. To‘q qizil rang – kuch va mardlikni, oq rang – oqilonalik, olijanoblik, poklik, oshkoralik, samimiylik, ishonch va haqqoniylikni ifodalaydi. To‘q qizil va oq ranglar gammasi millat farovonligi uchun xizmatni anglatadi.

Bayroqning old va orqa tomoni o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining rasmiy emblemasi (timsoli) tasvirlangan. Bayroq tepasida «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI», pastida «MILLIY GVARDIYASI» degan so‘zlar gorizontal shaklda bitilgan. So‘zlardagi yozuv harflarning bo‘yi – 6,5 santimetrni, eni – 4,5 santimetrni, harflar orasidagi masofa 1,5 santimetrni tashkil etadi. Bayroqdagi harflar – chetdan markazga qarab joylashgan, to‘q qizil fondagi bo‘lakda oq rangda va oq fondagi bo‘lakda to‘q qizil rangda yozilgan.

Bayroqning uzunligi – 250 santimetrga, kengligi – 125 santimetrga teng. Bayroq har bir bo‘lagi –125 santimetrga tengdir. Bayroq boshqa hajmda ham bo‘lishi mumkin, bunda bayroq uzunligi va kengligi ikkidan  – bir uzunlikka muvofiq, bayroq ichidagi timsol uchdan – bir uzunlikka muvofiq bo‘lishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi  emblemasi
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi Farmoniga muvofiq tasdiqlangan)

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi emblemasi (keyingi o‘rinlarda – emblema) butun aylana bo‘ylab o‘tgan doirani teng ikkiga bo‘luvchi, to‘q qizil va oq rangli bo‘laklardan iborat doira bo‘lib, doira chekkasi to‘q qizil rangli chiziqli aylana bilan o‘ralgan.

Emblema doirasini o‘rab turgan aylana chiziqlar tepasiga – lotin alifbosida tillarang katta harflar bilan «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI», pastida – «MILLIY GVARDIYASI» degan so‘zlar o‘tgan. Yozuvlarni aylananing har ikki tomondan mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash kabi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining vazifalarini tasvirlovchi oliviya o‘simligi shohlari ajratib turibdi.

Doiraning tepasida tillarang katta harflar bilan lotin alifbosidagi «MILLAT MANFAATLARI HIMOYASIDA» nomli shior bitilgan.

Doiraning markazida kuch-qudrat, mardlik va adolatlilik ramzi hisoblangan – sher hayvonining surati, sher belida yorug‘lik, donishmandlik va mustahkamlikni, davlatni turli tahdid va xavflardan himoya qilishni ifodalovchi – quyoshni ko‘tarib turibdi.  

Sher suratining tepasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlaydigan davlat va millat manfaatlarini ifodalovchi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining hilpirab turgan surati tushirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi emblemasi ko‘prangli va birrangli nusxada foydalanilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ining hilpiragan foni ostida, belidan quyoshni ko‘tarib turgan sher suratidan (kichik emblema) sifatida mustaqil ravishda foydalanishga ruxsat etiladi.

Text to speech