
Hamdamov Alisher O‘ktamovich
(21.03.1982 - 19.12.2021)
Batafsil
Hamdamov Alisher O‘ktamovich
Safdor Hamdamov Alisher O‘ktamovich 1982 yil Buxoro viloyati,Peshko‘ tumanida tug‘ilgan. Oilali, bir o‘g‘li ikki nafar qiz farzandi bor. A. Hamdamov 2001 yilda Buxoro Avtomobil va yo‘llari texnikumini tamomlab Buxoro viloyati IIB huzuridagi qo‘riqlash bo‘limi Alohida militsiya batalyoni militsioneri lavozimiga ishga kirgan. 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Qorovulbozor tumani qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi lavozimida xizmat qilgan. Safdor A.Hamdamov xizmat faoliyati jarayonida tashabbuskorligi, tartibliligi, masʼuliyatliligi bilan xizmatdoshlari o‘rtasida hurmatga sazovor bo‘lgan, qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarini vijdonan bajarishi hamda namunali xodim sifatida boshqalardan ajralib turar edi. 2021 yilning 19 dekabrdan 20 dekabrga o‘tar kechasi Buxoro viloyati Romitan tumani Gazli neft va gazni qayta tayyorlash boshqarmasiga qarashli “Qumli” GTQ mobil yo‘nalishining 34 km dan 49 kmgacha bo‘lgan masofada xizmat olib borish jarayonida soat 05:15lar atrofida qo‘riqlanadigan yo‘nalish quvurining taqiqlangan qismidan shubhali nomaʼlum UAZ rusumli (davlat raqami bo‘lmagan) avtotransport vositasi harakatlanib ketayotganligi sababli, ushbu avtotransport vositasini to‘xtatish maqsadida, o‘z xizmat avtomashinasidan tushib to‘xtash ishorasini bergan, ammo UAZ rusumli avtomashina haydovchisi uning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan urib ketishi oqibatida xizmat vaqtida vafot etgan. 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan “Jasorat” medali bilan taqdirlangan. Milliy gvardiya xodimi Safdor Hamdamov Alisher O‘ktamovichning ko‘rsatgan qahramonligi, safdoshlari hamda barcha yaqinlari va do‘stlarining xotirasida abadiy qoladi.(21.03.1982 - 19.12.2021)

Suyunov Xazrat Karomatovich
(01.06.1992 – 01.05.2020)
Batafsil
Suyunov Xazrat Karomatovich
Oddiy askar 1992 yil 1 iyunda Navoiy viloyatining Nurota tumanida tug‘ilgan. Uylangan, bir nafar farzandni katta qilgan. X.Suyunov Vatanga sodiq va halol xizmat qilishni istagan har bir inson kabi 2018 yilda O‘zbekiston Qurolli Kuchlar safiga qo‘shilgan. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida shartnoma asosida maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad mergani lavozimida xizmat qilgan. 2020 yil 1 mayda texnogen falokat natijasida Sardoba suv omborining to‘g‘onlaridan biri yorilib ketgan. Oddiy askar X.Suyunov Milliy gvardiyaning tezkor harakatlanuvchi guruhi tarkibida Mirzaobod viloyatining Uchtom aholi punkti aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha tezkor qutqaruv ishlarida faol qatnashgan. Aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish vaqtida kuchli suv oqimida qolib ketgan. Uch oy davomida o‘tkazilgan faol qidiruvlar ijobiy natija bermagan. Shu munosabat bilan, oddiy askar X.Suyunov bedarak yo‘qolgan deb eʼlon qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi arafasida xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo‘lgan Suyunov Xazrat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Jasorat” medali va Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan - I darajali "Namunali xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondonligi Xusniddin Suyarovning o‘zi o‘qigan Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 10-sonli umumtaʼlim maktab hududida barelfini o‘rnatish rejalashtirilgan. Xotira – abadiy, jasorat – mangu… Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi oddiy askar Suyunov Xazratning ko‘rsatgan qahramonligi Mirzaobod viloyatining Uchtom aholi punkti aholisi, safdoshlari hamda barcha yaqinlari va do‘stlarining (minnatdor) xotirasida abadiy qoladi. (01.06.1992 – 01.05.2020)
Suyarov Xusniddin Zokirovich
(06.07.1989 – 01.05.2020)
Batafsil
Suyarov Xusniddin Zokirovich
III darajali serjant 1989 yil 6 iyulda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. Oilali, ikki nafar farzandni tarbiyalagan. Bolaligidan harbiy bo‘lishni orzu qilgan X.Suyarov 2007 yilda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safiga qo‘shilgan. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida shartnoma asosida muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan. 2020 yil 1 mayda texnogen falokat natijasida Sardoba suv omborining to‘g‘onlaridan biri yorilib ketgan. III darajali serjant X.Suyarov Milliy gvardiyaning tezkor harakatlanuvchi guruhi tarkibida Mirzaobod viloyatining Uchtom aholi punkti aholisini evakuatsiya qilish bo‘yicha tezkor qutqaruv ishlarida faol qatnashgan. Fuqarolarni suv toshqinidan qutqarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi arafasida xizmat burchini ado etish vaqtida halok bo‘lgan Xusniddin Suyarov vafotidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan “Jasorat” medali va Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan - I darajali "Namunali xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo‘mondonligi Xusniddin Suyarovning o‘zi o‘qigan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi4-sonli umumtaʼlim maktabi hududida barelfini o‘rnatish rejalashtirilgan. Xotira – abadiy, jasorat – mangu… Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi III darajali serjant Xusniddin Suyarovning ko‘rsatgan qahramonligi Mirzaobod viloyatining Uchtom aholi punkti aholisi, safdoshlari hamda barcha yaqinlari va do‘stlarining (minnatdor) xotirasida abadiy qoladi. (06.07.1989 – 01.05.2020)
Abdulvoxidov Abdulxodi Abdulaziz o‘g‘li
(27.06.1994 – 10.02.2020)
Batafsil