1. Normativ-huquqiy baza yaratildi va takomillashtirildi: 10 dan ortiq qonun; 15 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari; 12 ta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari; 8 ta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror, farmoyishlari qabul qilingan. 2. Alohida organ va uning vakolatlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-son Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. 3. “Ochiqlik indeksi” shakllantirildi: 62 ta davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi; 39 ta vazirlik va idoralarning umumiy 1701 ta funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.
Hozirda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan ishlar “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan Milliy gvardiya organlarida davom ettirilmoqda. O‘tgan davrda Milliy gvardiyaning idoraviy komissiyasi tomonidan davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzilishini oldini olish, fuqarolarni ishga va o‘qishga qabul qilishda tanlovlar ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, moddiy-texnik, oziq-ovqat, tibbiyot va sanatoriya-kurort taʼminotini to‘g‘ri tashkil etish, shaxsiy tarkibga va fuqarolarga imtiyozlar taqdim etish (taʼlim kvotasi, kredit va mukofotlar berish), maʼmuriy amaliyot yo‘nalishlarni “korrupsiyadan xoli sohaga” aylantirish borasida tizimli ishlar bajarildi. Korrupsiya bilan bog‘liq murojaatlarni qabul qilish uchun “Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasining hududiy bo‘limlari ishonch telefonlari” ro‘yxati Milliy gvardiyaning milliygvardiya.uz rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan. Bundan tashqari, “1215 va 1131 qisqa raqamli tezkor aloqa telefonlari”, faoliyat yuritmoqda. Milliy gvardiya markaziy devoni Yuridik taʼminlash va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Mahmud Ochilov
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan. Hurmatli fuqarolar, korrupsiya bilan bogʻliq aniq maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, info@milliygvardiya.uz elektron manzili orqali murojaat qilishingiz mumkin.