Tashmatov Baхodir Xamidovich
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-polkovnik
1964-yilda Farg'ona viloyatida tugʻilgan.
Oliy maʼlumotli, 1985-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, 2003-yilda Rossiya Qurolli Kuchlari bosh shtabi harbiy akademiyasi oliy akademik kurslari va 2008-yilda Fargʻona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar falsafa doktori, dotsent.
Qurolli Kuchlar safida 1981 yildan boshlab xizmat qilib kelib, shundan:
•1992-2011 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligida turli rahbarlik lavozimlarida;
•2011-2013 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida;
•2013-2017 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligida turli rahbarlik lavozimlarida;
•2017-2020 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimida;
•2020 yilda – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida;
•2020-2026 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
•2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni lavozimiga tayinlandi.
1994-yilda “Jasorat” medali, 2008-yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2019-yil 14-yanvar kuni general-polkovnik unvonini berilgan.
Ibragimov Sherzod Shokirovich
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari
1985-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
Oliy maʼlumotli, 2007-yilda IIV Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabini, 2022-yilda IIV Akademiyasi magistraturasini tamomlagan.
Xizmat faoliyatini 2007-yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani IIB huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘limi, militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori sifatida boshlagan.
2010-2010 yy. - Toshkent viloyati IIB HOOB inspektori bo’lgan.
2010-2012 yy. - IIV Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2012-2021 yy. - IIV tizimida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2021-2022 yy. - IIV Akademiyasi magistratura bosqichi tinglovchisi bo’lgan.
2022-2024 yy. - IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i
2024-2026 yy. - IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i
26.06.2026 y. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Milliy gvardiya qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
2021-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Mamayusupov Sarvar Dexkanovich
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
1978 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Oliy maʼlumotli, 2000 yilda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti; 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini tamomlagan.
Xizmat faoliyatini 2000 yilda SHHO tarkibidagi harbiy qism maxsus vazifalar otryadi komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida boshlagan.
2005-2007 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tinglovchisi;
2007-2020 yy. – Mudofaa vazirligida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
2020-yil 13-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
2021 yil 10 avgustda Milliy gvardiya qo‘mondonining Tarbiyaviy ishlar, kadrlar, yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Sormonkulov Adxamjon Rayimovich
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari
1974 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan.
Oliy maʼlumotli, 1996 yilda Toshkent oliy-umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtini tugullab ushbu bilim yurtida o‘z xizmat faoliyatini boshlagan.
1998-2017 y.y Mudofaa vazirligi tizimidagi Oliy harbiy taʼlim muassalari va harbiy qismlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.
2008- 2010 y.y Qurolli Kuchlar Akademiyasi tinglovchisi.
2017 y. Ichki ishlar vazirligi harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari-shtab boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
2018-2022 y.y Milliy gvardiya harbiy qism komandirining birinchi o‘rinbosari, Markaziy devon boshqarma boshlig‘i, Shtab boshlig‘i, harbiy qism komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.
2022 yilda Milliy gvardiya qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 2022 yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.