“Harbiy oilalar bilan ishlashning oʻziga xos modullari, indikatorlari va sharqona motivlari” mavzusidagi oʻquv yigʻini oʻtkazildi.
Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tashkil etilgan tadbirda olima, falsafa fanlari doktori, professor J. Shermuhamedova, Milliy gvardiya Markaziy devoni masʼullari shuningdek, harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari bilan ishlash boʻyicha masʼul ofitserlari ishtirok etishdi. Oʻquv yigʻini “Harbiy oilalar bilan ishlashning oʻziga xos modullari, indikatorlari va sharqona motivlari” mavzusidagi seminar trening bilan boshlandi.
Shundan soʻng ishtirokchilar guruhlarga boʻlingan xolda “Oilalarda nizoli jarayonlarni oldini olish va Oilaning maʼnaviy qiyofasi mavzularida mantiqiy mutolaa qilishdi va har bir guruh oʻzining tajribasidan kelib chiqib, oilaviy nizoni oldini olish mexanizmlari haqida fikr bildirishdi.
Shuningdek tadbirda oilalar bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalar, oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari va yosh harbiy xizmatchilarni oila qurishga tayyorlash, oilaviy munosabatlar diagnostikasi va konsultatsiyasi, oilaviy huquqiy munosabatlar va ularni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari mavzulari boʻyicha tinglovchilarning malakalari oshirildi.
Yakunda respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan ofitserlar uchun Milliy gvardiya Markaziy devonida tashkil etilgan muzeyga va Toshkent shahridagi diqqatga sazovor joylariga ekskursiya uyushtirildi.