Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida psixologiya fanlarini o‘qitishda profayling usuli va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanilmoqda / / Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligidagi ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorining ijrosini taʼminlash borasida Buxoro viloyatida manzilli ishlarni olib bordi / / O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasining 2024 yil sarhisobi hamda 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi  / / Voleybol bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi o‘tkazildi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi - “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” deb topildi / / Harbiy xizmatchilarga yangi xonadon kalitlari topshirildi / / Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir / / Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan davlat idoralarida tadbirlar / / O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda "14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Yangi O‘zbekiston majmuasida joylashgan Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi / / Davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi / / Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bayramona tadbir tashkil etildi / / “Vaʼda” nomli badiiy filmning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. / / Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

HARBIY KADRLAR TAYYORLASH SOHASIDA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN HAMKORLIK

Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda kadrlar tayyorlash sohasiga tatbiq etish borasida ko‘plab amaliy uchrashuvlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 17 fevral kuni Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi harbiy attashesi, polkovnik Pak An So va Konsul – politsiya attashesi podpolkovnik Kim Mun Chjelarning Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif mobaynida Koreya delegatsiyasi vakillari Institut rahbariyati, o‘qituvchilari va kursantlari bilan uchrashib, harbiy taʼlim muassasasining faoliyati va infratuzilmasi xususan, Axborot-resurs markazi, kutubxona, mashg‘ulot xonalari, Innovatsion rivojlanish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish markazi, shuningdek, kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, polkovnik Pak An So va politsiya podpolkovnigi Kim Mun Chje Institutning professor-o‘qituvchilar tarkibi va kursantlari uchun Koreya Respublikasi Qurolli Kuchlari va Koreya milliy politsiya agentligining tarixi, faoliyati, tuzilmasi, vazifa va majburiyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar harbiy taʼlim sohasida o‘zaro tajriba almashish, harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish, jumladan, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti va Janubiy Koreya politsiyasi universitetlari hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimini tuzish masalalarini ishlab chiqishga kelishib, har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shu bilan birga, do‘stona ruhda kechgan tashrif mobaynida xorijiy mehmonlar uchun faxriy qorovul hamda qo‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

 

Text to speech