Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida tashkillashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, kuch tuzilmalari mutaxassislari uchun tajriba almashish maydoni bo‘ldi
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi bazasida 2025 yil 20-21 avgust kunlari “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘shinlarida jangovor va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, Bojxona qo‘mitasi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi va harbiy oliy taʼlim muassasalari professor o‘qituvchilari hamda kursantlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik A.Sormonqulov kirish so‘zi bilan ochib berib, ushbu konferensiya davomida ko‘rib chiqiladigan masalalar, kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustaxkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritdi.
Shuni taʼkidlash joizki, ushbu mavzuga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada bo‘linmalarda mavjud muammolarga yechim topish, tayyorgarlik tizimini yana-da takomillashtirish, hamkorlikdagi vazirlik va idoralar bilan tajriba almashish, bo‘linmalarda mashg‘ulotlarni tashkillashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasidan olingan bilim va ko‘nikmalarni namoyon etib, bo‘linmalarga tatbiq etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar tizimini yaratish maqsad etib belgilandi.
Anjuman davomida soxaga oid mutaxassislar tomonidan, zamonaviy qurolli mojarolar, xavfsizligimizga mavjud tahdidlarga munosib qarshilik ko‘rsata olish, harbiy xizmatchilarni professional tayyorgarligini yana-da takomillashtirish, bo‘linmalarni doimiy jangovar shay holatda ushlab turish zamirida jangovar va maxsus tayyorgarlikni o‘rni to‘g‘risida maʼruzalar qilindi.
Xalqaro tajribani o‘rgangan holda jangovar harakatlarning taktik jixatlari bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv materiallari asosida interaktiv tarzda takliflar berildi. Shuningdek, sunʼiy intelekt, kiberxavfsizlik va dronlardan foydalanishning zamonaviy ko‘rinshlari haqida ham maʼlumotlar taqdim etildi.
Ikki kun davom etgan konferensiyaning amaliy qismida Milliy gvardiya bo‘linmalarida mavjud qurollar, mashg‘ulotlarni tashkillashtirishning zamonaviy usullari, yangicha taktik harakatlar amalda namoyish etildi.
Bahs va munozaralarga boy o‘tgan mazkur ilmiy-amaliy konferensiya yakunida kelgusida kuch tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kuchaytiirgan holda, birgalikda o‘tkaziladigan o‘quv yig‘in va mashg‘ulotlar to‘g‘risida bir qator masalalar kelishib olindi.
Tadbir so‘ngida o‘z maʼruza va takliflari bilan ishtirok etgan hamkor vazirlik va kuch tuzilamalari vakillari Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.