Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sportining polo turi boʻyicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi.   ///  Yongʻinlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi.   /// Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlar fosh etilib, qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.   /// Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Qo'mondon o'rinbosarining tizimdagi yoshlar bilan" uchrashuvi   ///   Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kinologiya markazining ochilish marosimi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mutaxassis Kinologlari o‘rtasida “Dog biotlon bellashuvi” musobaqasi jarayonlari / / Harbiy xizmatchilarga yangi uy - joylar topshirildi / / 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni / /  Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sertifikatga ega bo‘lmagan pirotexnika vositalari aniqlandi / / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir tashkil etildi / /    O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib rag‘batlantirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida // Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jalgasbay Berdimuratov 87 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi // 22 noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yangi nafas umummilliy harakati doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi yoshlarni bir maqsad sari birlashtirdi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qisqacha

MA’LUMOT

  O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

Institut kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun:

harbiy-professional yo‘nalish;

dastlabki tanlash;

harbiy-professional tanlash;

test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.

Institutga o‘qishga kirish uchun nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.

Fuqaro yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi.

Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga qadar qabul qilinadi.

Fuqaro yoshlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza (bildirgi);

pasport (harbiy guvohnoma) nusxasi;

tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;

nomzod tomonidan qo‘lda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

anketa;

o‘qish, ish yoki xizmatni o‘tash joyidan (agar o‘qiyotgan, ishlayotgan yoki xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa) tavsifnoma hamda ma’lumotnoma;

ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlayotgan bo‘lsa);

ota-onasining Institutga o‘qishga kirishiga rozilik xati;

ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, akademik litseylar va o‘rta maxsus professional ta’lim) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;

Institutga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);

yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasining nusxasi;

3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda
4,5 x 6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

davlat sirlaridan foydalanishga ijozat berishning tegishli shakli uchun zarur bo‘lgan hujjatlar;

nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (harbiy xizmatchilar mazkur ma’lumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi).

Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha ravishda zarur hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan so‘rab olinishi mumkin.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.

Harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar tomonidan o‘z xizmat o‘tash joyiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Institutga o‘qishga kirishga tavsiyalovchi hujjatlar (muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga – harbiy bo‘linmaning umumiy yig‘ilishi bayonnomasidan ko‘chirma, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga esa – harbiy qismning attestatsiya komissiyasi yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirma);

davlat sirlaridan foydalanish uchun tegishli shakl bo‘yicha ijozatnoma (ruxsatnoma) mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma (faqat tegishli shakl bo‘yicha ijozatnoma (ruxsatnoma)si mavjud bo‘lganlar uchun);

harbiy qismlar (muassasalar) va bo‘linmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan berilgan iltimosnoma.

Dastlabki tanlash tadbirlarini

tashkil etish va o‘tkazish

Dastlabki tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

yakka tartibda suhbatlashish;

individual-psixologik o‘rganish;

umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Dastlabki tanlash tadbirlari quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  1. a)birinchi bosqich fuqaro yoshlar uchun – yashash joyidagi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda, «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylar va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchilari uchun – ular joylashgan hududdagi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda, harbiy xizmatchilar uchun – o‘z xizmat o‘tash joyida 1 fevraldan 31 martga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

yakka tartibda suhbatlashish;

birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

  1. b)ikkinchi bosqich fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarda 1 apreldan 31 mayga qadar amalga oshiriladi hamda ushbu bosqichda quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

individual-psixologik o‘rganish;

umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;

takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Dastlabki tanlash tadbirlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.

Dastlabki tanlash tadbirlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildi to‘liq rasmiylashtirilgandan so‘ng tegishli mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) tomonidan 10 iyunga qadar Institutga yuboriladi.

 Nomzodlar bilan harbiy-professional tanlash

tadbirlarini o‘tkazish

Qabul komissiyasi tomonidan har yili 1 iyunga qadar harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan reja-jadval ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalarga yuboriladi.

Mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalar va harbiy qismlar (muassasalar) nomzodlarni reja-jadvalga muvofiq harbiy-professional tanlash tadbirlarini o‘tkazish muddatlari bilan tanishtiradi va ularni belgilangan muddatlarda Institutga to‘liq holda etib kelishlarini ta’minlaydi.

Harbiy-professional tanlash tadbirlari iyun oyida Institutda o‘tkaziladi.

Harbiy-professional tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi
va o‘tkaziladi:

hujjatlarni o‘rganish;

psixofiziologik o‘rganish;

tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

yozma ish (diktant);

kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekshirish;

yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

 Test sinovlari

Test sinovlari Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi
va kursantlarni o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq o‘tkaziladi.

 Institutga qabul qilish

Institutga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 3 iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Institutning qabul komissiyasi 10 iyulda nomzodlarni o‘qishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqadi.

Institutga o‘qishga qabul qilingan harbiy xizmatchilar va maxsus unvonga ega bo‘lgan xodimlarga o‘z xizmat o‘tash joylariga taqdim etish uchun ularning o‘qishga qabul qilinganligi bo‘yicha buyruqdan ko‘chirma beriladi.

Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyasiya shikoyatlari O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

 

Murojaat uchun telefon 71.230-32-71

Ishonch telefoni: 71. 236-51-08 

Text to speech