Poytaxtimizda joylashgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida “Men gʻolib” yugurish marafonining gʻoliblari aniqlandi
Musobaqa dasturiga asosan ishtirokchilar jamoaviy yugurish starti 5 km, individual yugurish starti 3 va 5 km masofalarga yugurdi.
Marafonda Prezident xavfsizlik xizmati va davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, Bojxona qoʻmitasi hamda ushbu tuzilmalar tarkibidagi taʼlim muassasalaridan iborat jami 700 ga yaqin harbiy xizmatchi, xodim va kursantlar oʻz imkoniyatlarini sinashdi.
Mazkur sport musobaqasida Milliy gvardiya tizimlaridan ham harbiy xizmatchilar va Jamoat xavfsizligi universitetidan kursantlar faol ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
Yakuniy natijalarga koʻra, ayollar oʻrtasida jamoaviy bahslarda Milliy gvardiya 2-oʻrinni, taʼlim muassasalari boʻyicha jamoaviy bahslarda ayollar va erkaklar oʻrtasida Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari 2-oʻrinni egallashdi.
Shuningdek, shaxsiy musobaqalarda harbiy xizmatchilar Hakimova Alina 1-oʻrin, Ikromova Oydina 3-oʻrinni, kursantlar orasida Karnilov Ruslan 1-oʻrin, Choriyev Oʻrol 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.