Amir Temur xiyoboni bo‘ylab "Otliq kavaleriya" paradi o‘tkazildi
O‘lkamizda keng nishonlanayotgan Navro‘z bayrami tadbirlari doirasida bugun poytaxtimizning “Amir Temur” xiyoboni bo‘ylab doimiy o‘tkazilishi anʼanaga aylanib ulgurgan Milliy gvardiya boshchiligida Toshkent shahri hamda viloyati kuch tuzilmalarining otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya" paradi o‘tkazildi.
Mazkur paradda harbiy orkestr sadolari ostida yurib o‘tgan otliq bo‘linmalar har safargidanda gavjum bo‘lgan poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga bayramona kayfiyat ulashishdi.