Bedarak yoʻqolgan qiz topilib, ota-onasi bagʻriga qaytarildi
Urganch shahridagi A. Temur nomli istirohat bogʻida 26 iyul kuni Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari jamoat joylarida huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xizmat burchini bajarayotib, belgilariga koʻra bedarak yoʻqolgan qizga oʻxshash fuqaroni payqab qolishgan. 23 iyul kuni qizining gʻoyib boʻlgani haqida Xazorasp tumani IIB ga onasi ariza bilan murojaat qilgan. Topilgan voyaga yetmagan fuqaroning shaxsi aniqlangan.
Oʻn toʻrt yoshli A.A. ota-onasiga qaytarildi. Qizning ahvoli yaxshi.