Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy qonunchiligini zamonaviy talablar bilan uygʻunlashtirish: 30 yillik amaliy tajriba va rivojlanish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Davlat va jamiyat taraqqiyotida huquqiy islohotlarning roli beqiyos boʻlib, ayniqsa jinoyat, jinoyat-protsessual va ma'muriy qonunchilik sohalarida chuqur oʻzgarishlar amalga oshirildi. Bu jarayon huquq ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonuniylik va adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi. Soʻnggi 30 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, jinoyat protsesslarini soddalashtirish, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini noqonuniy bosimlardan himoya qilish hamda ma'muriy qonunchilikni zamonaviy tendensiyalarga muvofiq takomillashtirish yoʻlida muhim natijalarga erishdi. Shu bilan birga, sud-huquq tizimini mustahkamlash, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini demokratik tamoyillarga moslashtirish va xalqaro standartlarga mos qonunchilik bazasini yaratish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Shu borada mustaqil Oʻzbekistonning huquqiy tizimi rivojlanish yoʻlidagi 30 yillik tajribasini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish, erishilgan natijalarni baholash hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025 yil 4 aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasining JinoyatJinoyat-protsessual va Ma'muriy qonunchiligini zamonaviy talablar bilan uygʻunlashtirish: 30 yillik amaliy tajriba va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi, Sudyalar oliy maktabi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Belarus Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Krasnodar davlat universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professor-oʻqituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Konferensiya davomida jinoyat huquqini liberallashtirish, inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mustaqilligini ta'minlash, jinoyat prosessida odillik va tezkorlikni ta'minlash kabi masalalar boʻyicha muhim muhokamalar olib borildi. Bundan tashqari, iqtisodiy va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni oldini olish, ma'muriy huquqbuzarliklar tizimini takomillashtirish va zamonaviy huquqiy tendensiyalarga mos qonunchilik islohotlarini amalga oshirish boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Tashkilotchilar va ishtirokchilar konferensiya yakunida kelgusida hamkorlikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirish va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma'muriy qonunchiligini zamonaviy talablar bilan uygʻunlashtirish hamda amaliyotga tadbiq etish borasida umumiy kelishuvga erishdilar. Konferensiya ishtirokchilari va mutaxassislar tomonidan olib boriladigan ilmiy munozaralar, taqdim etilgan ma'ruzalar va muhokamalar huquqiy islohotlar samaradorligini oshirish, qonunchilikni yanada takomillashtirish va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha yangi yondashuvlarni ishlab chiqishga muhim hissa qoʻshadi. Konferensiyaning natijalari nafaqat ilmiy hamjamiyat uchun, balki qonunchilik jarayoni va huquqni qoʻllash amaliyoti uchun ham muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Text to speech