Harbiy xizmatchilarning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarining mustahkamlanishi - xizmat sifatini oshirish garovidir!
Muddatli harbiy xizmatni oʻtab bo'lib, Milliy gvardiya saflariga shartnoma asosida keyingi xizmatini davom ettirish uchun kelgan yosh harbiy xizmatchilar bilan oʻquv yigʻinlari tashkil etilmoqda.
Mazkur oʻquvlar davomida harbiy xizmatchilarning nazariy va amaliy bilim koʻnikmalarini boyitish, ularning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligi darajasini hamda jismoniy-ruhiy zoʻriqishlarga bardoshliligini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar olib borilmoqda.