Sport yangiliklari Milliy gvardiya terma jamoasi kuch tuzilmalari o‘rtasida Djit-Kun-Do sport turi bo‘yicha IPA ochiq turnirida birinchi o‘rinni egalladi.
Joriy iylning 29-30 iyul kunlari mamlakatimizda kuch tuzilmalari o‘rtasida Jit Kun-Do bo‘yicha IPA ochiq turniri bo‘lib o‘tdi.
Bizning sportchilar – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari va xodimlari Sanjar Ashurov 91 kg. vazn toifasida, Yusufbek Muxammadjonov esa 76 kg. vazn toifachida nufuzli musobaqalarda muvaffaqqiyatli qatnashib Jit Kun-Do bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida IPA havaskorlik kamariga ega bo‘ldilar.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Jit-Kun-Do Federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.