Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida kuch tuzilmalari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Andijon viloyatining kuch tuzilmalari hamkorligida navbatdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev hamda viloyatning huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirok etishdi.
Mazkur o‘quv mashg‘uloti davomida, dunyoda yuz berayotgan turli xavf xatarlardan kelib chiqib, harbiy xizmatchi va xodimlarning yuqori jangovar shayligi va ularning shahar sharoitadagi nostandart vaziyatlarda hamkorlikdagi aniq va ishonchli harakatlariga, shuningdek, boshqaruv tizimiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida, viloyatdagi kuch tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini yana-da kuchaytirgan holda shaxsiy tarkibning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligini Jahon tajribasiga mos ravishda takomillashtirib borilishi borasida vazifalar belgilandi.