Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida tahsil olgan tinglovchilarning navbatdagi bitiruviga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida markazda muvaffaqiyatli tahsil olib, belgilangan dastur asosida oʻquv kurslarini yakunlagan 88 nafar tinglovchiga sertifikatlar topshirildi.
Oʻquv kurslari davomida tinglovchilarga Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi tajribali oʻqituvchilari tomonidan harbiy xizmatchilar mutaxassisligiga oid bir qator fanlardan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Jumladan, oʻq otish, balandlik ishgʻoli, ruhiy-jismoniy tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik, aloqa, razvedka, maxsus-taktik tayyorgarlik, moddiy-texnik taʼminot, muhandislik hamda taktik tibbiy tayyorgarlik fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan bilimlar berildi.
Ushbu mashgʻulotlar tinglovchilarga nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy koʻnikmalarni egallash imkonini yaratdi. Har bir mashgʻulot harbiy xizmatchilarning kundalik xizmat faoliyatida zarur boʻladigan malakalarni shakllantirishga qaratildi.
Marosim yakunida bitiruvchilarga sertifikatlar tantanali tarzda topshirilib, ularning kelgusidagi xizmat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.