Qoʻqon shahrida gvardiyachilar tomonidan giyohvand modda olib yurgan shaxs qoʻlga olindi
Joriy yilning 10 avgust kuni Qoʻqon shahridagi Muqimiy nomidagi istirohat bogʻida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan gvardiyachilar tomonidan oʻzining shubhali hatti-harakatlari bilan eʼtiborni jalb qilgan shaxs toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirilganda uning yonidan sigaret qutisiga joylangan qogʻozga oʻralgan oʻtkir hidli yashil rangli oʻsimlik moddasi borligi aniqlandi.
Olib borilgan dastlabki oʻrganishlar davomida ushbu shaxs 34 yoshli fuqaro K.B. ekanligi maʼlum boʻlib, u belgilangan tartibda Qoʻqon shahar IIBga topshirildi va hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.