Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv tadbiri o‘tkazildi // “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari o‘quvchilari o‘rtasida “Amir Temur avlodlari” idoralararo harbiy-sport tanloviga start berildi // Sirdaryo viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining jangovar shayligi va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.// Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarmalari o‘rtasida mini-futbol turniri o‘tkazildi. // Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda ishtirok etishdi // Huquq-tartibot idoralari xodimlarining oila a'zolari ishtirokida bayram tadbirlari // Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari// Maktab o‘quvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan “Harbiy qismda bir kun” loyihasi // Davlatimiz rahbari topshirigʻi bilan joylarda respublika ishchi guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan manzilli ishlar davom ettirilmoqda. Mazkur ishchi guruh tarkibida boʻlgan Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari boshchiligidagi sohaga oid mutaxassislar tomonidan Samarqand viloyati boʻylab mahallalar kesimidagi zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. // Joriy yilning 2-4 may kunlari “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida bo'lib o'tgan "Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar" festivalida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari yuqori natijalarni qo'lga kiritishdi. // Milliy madaniyatimiz va tariximizni oʻrganish-Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada oshiradi// Ayol harbiy xizmatchi va xodimalar hamda yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi // «Yosh gvardiyachi» harbiy-sport musobaqasi // Umumiy ovqatlanish maskanidagi bir guruh shaxslarning o‘zaro janjali “tashvish” xabari orqali yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi 

Ўз O'z Ру En

Harbiy-vatanparvarlik sinflar o‘quvchilarining vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda umumiy o‘rta taʼlim fanlari doirasida harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilarning chuqur taʼlim olishini taʼminlash maqsadida 2020 yil 17 aprel kuni “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida harbiy-vatanparvarlik sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hukumat qaroriga muvofiq harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Respublikamiz bo‘ylab 56 ta umumtaʼlim maktablaridagi ixtisoslashtirilgan sinflar O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan.

Poytaxtimizda joylashgan G‘alaba bog‘ida Toshkent shahridagi 4 ta umumtaʼlim maktabining 6-sinfini muvaffaqiyatli yakunlab, chuqurlashtirilgan fanlardan qobiliyatini ko‘rsatib tanlov asosida harbiy-vatanparvarlik sinflariga qabul qilingan o‘g‘il va qizlarning tantanali vaʼda berish marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi, Yoshlar ittifoqi masʼul xodimlari, faxriy mehmonlar va ota-onalar ishtirok etdi.

Bugungi kunda vatan ozodligi yo‘lida erishilgan shonli g‘alabaning timsoliga aylanishga ulgurgan ushbu muzaffar maydonda, orzulari-yu kelajagini xuddi bobolari singari vatan ravnaqi va himoyasi yo‘lida bog‘lashga ahd qilgan o‘zi jajji bo‘lsada shijoatga to‘la yurak egalari bo‘lmish harbiy vatanparvarlik sinfining o‘quvchilari saf tortdi. Shaxsiy tarkibni tantanali vaʼda berish marosimiga kirishishiga ruxsat berilgach saf tortib turgan yoshlar yuzidagi hayajon o‘rnini jiddiy masʼuliyat qiyofasi egalladi.

Shundan so‘ng maydonni xalqning vatanparvar farzandi bo‘lish, o‘qishda, sportda va axloq-odobda o‘rnak bo‘lish, kattalarni hurmat qilish, o‘z sinfdoshlari va kichiklarga yordam berish, o‘zaro muloqotda kamtar, vazmin, oriyatli, sabr-toqatli o‘quvchi bo‘lish, buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatida tarixda qolgan ajdodlar singari vatanparvar bo‘lishga, ona-Vatani, xalqi va Prezidentga sidqidildan xizmat qilishga vaʼda berayotgan 100 dan ortiq o‘quvchilarning baralla yangragan ovozi tutib ketdi. O‘quvchilar tomonida sidqidildan aytilgan har bir so‘z, vaʼda berish marosimini kuzatib turgan ota-onalarning qalbini to‘lqinlantirib ko‘zlaridan shodlik yoshlari sizib chiqishiga sabab bo‘ldi.

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, hozirgi kunga qadar mazkur sinflarining 100 ga yaqin bitiruvchilari “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylarining o‘quvchisi bo‘lganligi quvonarli xoldir.

Marosimning badiiy qismida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi alohida namunali ko‘rgazmali-harbiy orkestri, harbiy musiqa akademik-litseyi o‘quvchilarining “Zarbli cholg‘ular ansambli”, Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga biriktirilgan harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan sinflariga qabul qilingan o‘quvchilarning vaʼda berish marosimi ilk bor o‘tkazilgayotgan bo‘lib, kelgusida ushbu marosim anʼanaga aylantirilishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech