Bedarak yo‘qolgan fuqaro topildi va ota-onasi bag‘riga qaytarildi
29 iyul kuni Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari Jizzax shahridagi Markaziy dehqon bozorida bir kun avval ichki ishlar organlari tomonidan bedarak yo‘qolgan deb qidiruvga berilgan qizni payqab qolishgan. 22 yoshli E.O. yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan, so‘ngra qarindoshlariga qaytarilgan. Qizning ahvoli yaxshi, havotirga o‘rin yo‘q.