HARBIY SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
Xalqaro hamkorlik doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va Buyuk Britaniyaning Mudofaa vaziri o‘rinbosari Lord Vernon Koker bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timotti Smart va Harbiy attashesi Robin Stedman hamda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Kristofer Keylar ishtirok etishdi.
Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdilar. Shu bilan bir qatorda, o‘zaro tashriflar, qo‘shma treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishning ijobiy natijalari sarhisob qilindi.
O‘z o‘rnida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi ham kelgusida Milliy gvardiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berishini aytib, o‘rnatilgan do‘stona aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlash borasida fikr mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.