INSONLARNING DARDU TASHVISHLARINI O‘YLAB YASHASh ODAMIYLIKNING ENG OLIY MEZONIDIR
Yurtboshimiz tashabbusi bilan sinovli kunlarda ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasidagi ishlar har bir tashkilotda faol amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ham Karmana tumani (6-sektor)dagi vaqtincha ishsiz, daromad manbaidan mahrum bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazmoqdalar. Fuqarolar bilan suhbat davomida mavjud kamchiliklar va muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Zero, ehtiyojmand, doimiy daromaddan mahrum bo‘lgan insonlarga ko‘mak berish insoniylikning eng oliy ko‘rinishidir.