MILLIY GVARDIYA MIQYOSIDA “BAXSHICHILIK SANʼATI” BO‘YICHA KO‘RIK TANLOV O‘TKAZILADI
O‘zbek xalqi folklor sanʼatining yetakchi janri bo‘lgan baxshichilikni harbiy xizmatchi, xodimlar va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning qalbida baxshichilik sanʼatiga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, folklor anʼanalari va qadriyatlarini saqlash, o‘rganish, xalq og‘zaki ijodi yodgorliklarini targ‘ib etish orqali yoshlarni Ona Yurtga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, baxshichilik sanʼatining mohir ijrochilarini aniqlash va munosib rag‘batlantirish maqsadida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, alohida harbiy qism va taʼlim muassasalari o‘rtasida ikki bosqichda “Baxshichilik sanʼati” ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda.
Barcha hududiy boshqarmalarda ushbu tanlovning saralash bosqichi o‘tkazilgach, joriy yilning fevral oyi yakunida respublika bosqichi baxshilar yurti Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa natijalarini kuzatib boring.