“Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xotin-qizlar jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirokida “Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda xotin-qizlarning oʻrni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Milliy Gvardiya hamda qoʻriqlash xizmati saflarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etgan uchrashuvda bugungi kunda harbiy xizmatchi va xodimalarning samarali faoliyat olib borishlari uchun ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida soʻz yuritildi. Shu oʻrinda xodimalarni qiynab kelayotgan muammolar va ularning yechimi oʻrganildi. Harbiy xizmatchi va xodimalarning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida sayyor tibbiy koʻrik ham tashkil etildi.
Samarqandning tarixiy obidalariga uyushtirilgan kichik sayohat esa ishtirokchilarni yana bir bor qadimiy va betakror tariximiz bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.