Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi mamlakatimiz kuch tuzilmalari hamda boshqa kinologlar klublari aʼzolari oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi
Jonivorga mehr – tabiatga boʻlgan mehr ifodasidir. Bunday munosabat musobaqa maydonlarida qizgʻin va qiziqarli bahslarga asos boʻladi. Kuni kecha poytaxtimizdagi Yunusobod tuman mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti ana shunday ajoyib musobaqaga mezbonlik qildi.
Bir necha yildirki, aprel oyining soʻnggi 10 kunligida Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xalqaro kinologlar ittifoqi tomonidan zotdor itlar koʻrgazmasi oʻtkazib kelinmoqda. Joriy yilda ham anʼanaga muvofiq “Chempionat Oʻzbekiston – 2025” koʻrgazmasi oʻtkazildi. Qurolli kuchlarimizning barcha tuzilmalari kinologlari va kinologlar klublari aʼzolari boʻlgan fuqarolar ham ishtirok etgan mazkur musobaqaga xalqaro ekspertlar ham taklif etilgan boʻlib, ishtirokchilarning har bir qadamini munosib baholab bordilar. Aqlli jonivorlarni koʻpaytirish, ular bilan shugʻullanish Ayniqsa, tadbir oʻtkazish uchun tanlangan maydon imkoniyatlari, uning jihozlanishi barcha ishtirokchilar olqishini oldi. Yakuniy natijalarga koʻra 150dan ortiq zotdor itlar ishtirokida oʻtkazilgan ushbu musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti kinologiya xizmati jamoasi itlarining tashqi koʻrinishi, sifati, topshiriqlarni aniq bajarishlari kabi nominatsiyalarda nufuzli hakamlar tomonidan yuqori baholanib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu yutuq bejiz emas. Jamoat xavfsizligi universitetida xizmat itlari naslchilik pitomnigi tashkil etilgan.
Xususan, 2024 yildagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kinologiya boʻlinmalarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, vazirlik va idoralarning kinologiya boʻlinmalarini faoliyatini takomillashtirish va kinologlarni malakasini oshirish kinologiya sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi” - deya qayd etilgan. Jamoat xavfsizligi universiteti vakillarining ulkan zafar quchishlarida jamoa aʼzolaridan kichik serjant Anvar Husanov, kichik serjant Sarvar Shennayev, va Ravshan Quvondiqov, shartnoma boʻyicha oddiy askar Dilshod Ergashevlarning xizmat itlari bilan muntazam ishlashlari oʻz samarasini berdi. Eng yaxshi parvarish qilingan toʻrt oyoqli sodiq doʻstlar va ularning egalari koʻrgazma soʻnggida hamkor tashkilotlar tomonidan kubok, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.