Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga bog‘liq ikkita holatni aniqladi
Qo‘qon shahrida Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan “O‘rda” istirohat bog‘ida xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida ikki nafar fuqaroda giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, musodara qilingan. 18 yoshli A.A. ning yonida temir qutiga solingan “gashish” moddasi borligi aniqlangan. Ikkinchi fuqaro 21 yoshli X.S. uyali telefon g‘ilofiga “gashish” giyohvandlik moddasini yashirgan. Narkotik moddalar ulardan ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan va ichki ishlar organlariga topshirilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.