O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi hamda O‘zbekiston polo federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi hamda O‘zbekiston polo federatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Memorandum imzolanish jarayonida Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalari va taʼlim muassasalarida zamonaviy beshkurash va polo sport to‘garaklarini tashkil etish, ushbu sport turlari bo‘yicha harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlarini jalb qilish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar, markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishi taʼkidlab o‘tildi.
Mazkur hujjatlar mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida zamonaviy beshkurash va polo sport turlarini ommalashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda o‘zining ijobiy hissasini qo‘shadi.