Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

YEVROPA ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYODA HUQUQ-TARTIBOTNI TAʼMINLASH BO‘YICHA DASTURI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida barcha davlatlarda ichki xavfsizlikni taʼminlash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda hukumatlarning asosiy tayanchi bo‘lgan huquqni muhofaza qilish organlariga katta ahamiyat berilmoqda.

Terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalarida fikr almashish maqsadida joriy yilning 23 fevral kuni Milliy gvardiyaning Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlariga mintaqa mamlakatlarining huquqni muhofaza qilish organlari ko‘nikmalarini mustahkamlashda ko‘maklashish dasturi (“LEICA”) vakillari bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ushbu dastur hamda Yevropa delegatsiyasi rahbari Jerom Ribo-Gayar dasturni amalga oshirish doirasida Yevropa tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlarida xavfsizlikni ham milliy, ham xalqaro miqyosda kuchaytirish maqsadida mintaqa davlatlarining huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik tuzilmalari bilan ularning salohiyatini oshirish borasida amaliy muloqot o‘rnatish niyatida ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga, suhbatdosh mintaqadagi ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish asosida texnik yordam ko‘rsatish, shuningdek, tematik mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilganligini qayd etdi.

Shuningdek, Yevropa tomoni terrorizmga qarshi kurashning turli jihatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistonning ilg‘or tajribalarini o‘rganishga qiziqish bildirdi. Do‘stona muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda huquq-tartibotni taʼminlashda ushbu dastur doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va yana-da rivojlantirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Text to speech