Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari “Challenge Samarkand” xalqaro musobaqasi doirasida o‘tkazilgan triatlon chempionatida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi / / Milliy gvardiya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi / / “Yangi O‘zbekistonda oila va xotin-qizlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishning dolzarb masalalari” mavzusida ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi / / Toshkent viloyatida joylashgan Qurolli Kuchlar jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” harbiy ligasi ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi / /Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiyaning bir guruh harbiy xizmatchilari va xodimlari orden va medallar bilan taqdirlandi. Hamkasblarimizni tabriklaymiz! / / Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabullari davom etmoqda / / Milliy gvardiya tizimida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan tadbirlar davom etmoqda. / /Har yili Navro‘z bayrami arafasida Surxondaryoda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro chavandozlar musobaqasini yurtimizning boshqa hududlarida ham tashkil qilish mo‘ljallanmoqda. Yakkakurashlar bo‘yicha salohiyatni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida barcha sport maktablarida qo‘l jangi to‘garaklarini ochish belgilanmoqda. / / Yurtimizda polo sport turini rivojlantirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi / / Ekologiya sohasidagi maʼmuriy huquqbuzarliklar Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi / / Ayol harbiy xizmatchilar va Milliy gvardiya xodimlarining muammo va istaklari Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan o‘rganilib, hal etilmoqda / / Urganch shahrida “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkir tig‘li jismdan jarohatlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi / / Samarqand viloyatida “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan 18 tonnadan ortiq mahsulot qo‘riq ostidagi korxona omboridan olib chiqilayotgani fosh etildi / / Tilla buyumlar do‘konida o‘g‘rilikka qo‘l urgan shaxs qo‘lga olindi / / Farg‘onada “Yoshlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan tantanada oilaviy bolalar uyi farzandlari ishtirok yetdi / / “Mehribon” sog‘lomlashtirish oromgohida 22- sonli “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Gerbim faxrim mening” shiori ostida rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tdi / / 2-iyul kuni oilaviy bolalar uylari farzandlari Davlat gerbi qabul qilingan kunga bag‘ishlab “chellendj” o‘tkazdilar / / Oromgoh mavsumining tantanali ochilishi "Yoshlar kuni" ga bag‘ishlandi / / Xiva shahrida oilaviy bolalar uylari qizlari o‘rtasida “O‘zbegim qizlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi / /  O‘zbekiston terma jamoasi qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionatida 7 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umum jamoa hisobida faxrli 3-o‘rinni egalladi / / Farg‘ona viloyatida kuch tuzilmalari ishtirokida Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi / / Qashqadaryo viloyatida Milliy gvardiya Xotin qizlar jamoatchilik kengashi masʼullari hamda viloyat Sog‘liqni saqlash bo‘limi hamkorligida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi / / Jamoat xavfsizligi universitetda "Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, jamoalarda maʼnaviy-ruhiy muhitni yaxshilash" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi / / Mirzo Ulug‘bek tumanida jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi / / Buxoro viloyatida noqonuniy baliq ovlayotgan brakonyerlar qo‘lga olindi / / Jamoat xavsizlik universiteti yosh ofitserlarining bitiruviga bag'ishlangan navbatdagi tantanali marosim bo'lib o'tdi  / / Sirdaryo viloyatida elektronika do‘konida o‘g‘irlik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi  / / Farg'ona mintaqaviy o 'quv markazida kursni bitirganlarga sertifikatlar topshirildi  / / Andijon viloyatida Milliy gvardiya hamda kuch tuzilmalari bilan birgalikda yoshlar uchun Vatanparvarlik tadbirlari o'tkazilmoqda // Poytaxtimizda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi // Jizzax viloyatida MIB tomonidan qidiruvga berilgan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan fuqaro ushlandi // Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi o‘z faoliyatini yakunladi//Tabiatni muhofaza qilishda Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlariga zarur vakolatlar berilmoqda / /  Xorazm viloyatida zargarlik buyumlarini o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan shaxs ushlandi / / Ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, noqonuniy yo‘l bilan pul topishni o‘ylagan shaxs qo‘lga olindi  / / “Bo‘linmalarda xizmat intizomini mustahkamlash amaliyoti, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi  / / "Yosh gvardiyachilar" bolalar va o‘smirlar sport maktabi  faoliyati bo‘yicha savollarga maktab direktori   Shukurov Ibrohim Rixsiboyevichning javobi //Davlatimiz rahbarining umumtaʼlim maktablari bitiruvchilariga tabrigi  // “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari taqdirlandi / / Farg‘ona viloyatida kuch tuzilmalari hamkorligida toifalangan obyektlarni qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha taktik-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi // Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Toshkent shahrida ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholiga xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi Shoyhontoxur tumanida Milliy gvardiya qo‘mondonligi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan taʼminlanmoqda.//Milliy  gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berildi.//Surxondaryo  viloyatida maktab o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari ishtirokida navbatdagi vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi //Urganch shahrida qurilish materiallarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi //Og‘ir tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochishga uringan fuqaro ushlandi//9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari tomonidan maʼdaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda mehnat faxriylari holidan xabar olindi// Sardoba fojialarida  qahramonlarcha  halok bo‘lgan, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Suyarov Xusniddin Zokirovichning  Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tahsil olgan 4-sonli umumtaʼlim maktabida byusti o‘rnatildi // Toshkent viloyatida «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi // Milliy gvardiya birinchiligi uchun saralash musobaqasi g‘oliblari Samarqand bo‘lib o‘tadigan final bosqichida uchrashdi // Hududlarda “Yosh gvardiyachilar” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazilmoqda // Funksional ko‘pkurash federatsiyasi tomonidan «UZBEK RACE-2023» musobaqasi o‘tkazildi// “Temurbeklar maktabi” direktori o‘rinbosari Toshkent harbiy akademik litseyi bitiruvchilari uchun yaratilgan imtiyozlar haqida aytib o‘tdi. // Toshkent viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va unga oydinlik kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi  / / Haftaning har juma kuni soat 20.00 da YouTube da Co‘ragan edingiz ... dasturini tomosha qilishingiz mumkin  // Termiz shahridagi Yoshlar markazida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi // Nukusda “Qo‘riqlash” xizmatining afzalliklari haqida aholiga so‘zlab berildi. // Navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Konstitutsiya – huquq va erkinliklarimiz kafolatidir” mavzusiga bag‘ishlandi. // Milliy gvardiya Markaziy devonida "Milliy Navro‘z taomlari" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi//Ayyom munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Uloq-ko‘pkari” musobaqasi o‘tkazildi// Farg‘ona viloyatida "Har kuning Navro‘z bo‘lsin-jonajon O‘zbekistonim" shiori ostida Yoshlar ishtirokida tadbir o‘tkazildi// Jizzax viloyatida o‘tkazilgan sumalak sayli barchaga bayramona kayfiyat ulashdi // Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni uylariga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi / / Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev “Termiz” dala o‘quv maydonida qo‘shinlarning o‘quvini kuzatdi / / Respublika miqyosida o‘tkazilgan "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqalarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari faol ishtirok etishdi. / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni / / Poytaxtimizning Olmazor tumanida Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligida "Yashil makon" umummilliy aksiyasi doirasida ko‘chat ekish ishlari boshlandi // Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarida "Ochiq eshiklar kuni va yosh avlod uchun sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. // Joriy yilning 6 fevral kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni boshchiligidagi idoralararo ishchi guruh Xorazm viloyatida o‘z faoliyatini boshladi // Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazining "Toshkent zebolari" raqs ansambli Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli festivalda ishtirok etdi // Bola huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi // Milliy gvardiya Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyida poytaxt yoshlari va uyushmagan o‘smirlar ishtirokida "Harbiy vatanparvarlik" tadbiri tashkil etildi // "Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari aʼlochisi" ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi // 16—22 yanvar kunlari Toshkent shahrining Milliy gvardiyaga biriktirilgan beshta tumanida 41581 ta turar-joy va ijtimoiy obyektlarda elektr taʼminoti tiklandi // Milliy gvardiyaning barcha hududiy bo‘linmalarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilimlarni oshirish yuzasidan chora-tadbirlar o‘tkazilmoqda//Milliy gvardiyaning "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyida harbiy sohada ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish usullariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi "Temurbeklar maktabi" Harbiy akademik litseylarda ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish usullariga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi / / Prezident: "Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq bo‘lib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf bilan ado etayotgan bahodir va dovyurak harbiylarimizga O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!" / /Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 17 nafar harbiy xizmatchisi va xodimlari Prezident Farmoni bilan orden va medallar bilan taqdirlandilar . Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan hamkasblarimizni tabriklaymiz! / / Bir guruh harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlariga yangi xonadon kalitlari topshirildi  / / Prezident Farmoniga asosan  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mukofotlandi / / Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan Qurolli kuchlar chempionati uchun qo‘l jangi musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi / /Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida "Milliy gvardiya va yoshlar" mavzusida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi prokuratura xodimlarini kasb bayrami bilan chin dildan tabriklaydi! / / Milliy gvardiya Markaziy devonida harbiy intizomning holati va huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan kengaytirilgan videokonferensiya bo‘lib o‘tdi / / Respublika miqyosida "Milliy armiyamiz - Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostidagi vatanparvarlik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim" nomli uslubiy qo‘llanma nashrga tayyorlandi / / "Korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashda maʼnaviyatning o‘rni" mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi//Buxoro viloyatida"hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi" shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi./ /  Konstitutsiyamizning 30 yilligi arafasida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya xodimlari “Men donorman” aksiyasida ishtirok etdi / / Samarqandga Nurafshon shahridan yo‘lga chiqqan qorabayir otlari karvoni yetib keldi / / Amudaryo tumanida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ehson qutisini o‘marmoqchi bo‘lgan bosqinchini qo‘lga oldilar / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yishda davom etmoqda / / Navoiy viloyatida joylashgan dala o‘quv poligonida ofitserlar tarkibi ishtirokida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi / / Xalqaro nogironlar kunida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari imkoniyati cheklangan bolalar uchun tadbir tashkil etdilar / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Bahodir Jalolov amerikalik raqibi ustidan nokaut hisobida g‘alaba qozondi / / Respublikamiz bo‘ylab pirotexnika vositalari savdosiga qarshi hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda / / Oltiariq tumanida topilgan eski “snaryad” zararsizlantirildi/ / Noqonuniy yo‘llar orqali olib o‘tilgan maishiy texnikalar aniqlandi / / Pora evaziga o‘qishga kiritishni vaʼda qilgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi / / Farg‘ona viloyatida katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi/ / Toshkent, Farg‘ona, Jizzax mintaqaviy o‘quv markazlarida navbatdagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga sertifikatlar topshirildi/ /Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ilg‘or g‘oyalari qo‘llab-quvvatlanmoqda/ / Qo‘l jangi va boks bo‘yicha Osiyo chempionatlari, shuningdek,"Yangi nafas" yugurish musobaqasi g‘oliblari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan taqdirlandi / / Navoiy viloyatida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi / / Pirotexnika vositalari savdosiga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda/ / Milliy gvardiya qo‘mondoni raisligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  / /  Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionatida zafar qozongan sportchilarimiz tantanali kutib olindi // Qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz 6 oltin, 3 kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Tabriklaymiz! // O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan "Yangi nafas"  sport musobaqasi 1300ga yaqin sportsevarlarni birlashtirdi // Tibbiyot xodimlari kuni  munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. / / Milliy gvardiya tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida odob-axloq qoidalariga oid o‘quv-seminari o‘tkazildi. / / Jizzax mintaqaviy o‘quv markazida "Globallashuv jarayonlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalari" mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi  / /  Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida harbiy xizmatchi va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi / / Poytaxtimizda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi / / Bankomatni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs voqea joyida ushlandi / / Qo‘yliq bozorida qarovsiz qoldirilgan 3 yoshli bolakay o‘z yaqinlariga topshirildi / / Poytaxtimizda harbiy xizmatchilar tomonidan jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. / / Milliy gvardiya yoshlar nigohida: Harbiy qismda bir kun  / / Olmazor tumanida mahalla yoshlari va o‘quvchilarning mavsumiy taʼtil kunlarini mazmunli va foydali o‘tkazishlarini tashkillashtirish maqsadida ”Let‘s learn our Construction in English” mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi / / Harbiy xizmatchilar, havaskor va professional ijodkorlar uchun tanlov eʼlon qilinadi / / Milliy gvardiyaning 85 nafar harbiy xizmatchisi alvon beret kiyish huquqi uchun sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida "O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqchil, adolatparvar davlat barpo qilish yo‘lida" nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi./ / O‘zbekistonda oila va xotin-qizlarga psixologik xizmat ko‘rsatish holati va mavjud muammolar" mavzusida anjuman o‘tkazildi/ / Funksional ko‘pkurash Federatsiyasi tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar uchun sport tadbirlari o‘tkazildi / /  O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan joriy yilning 13 noyabr kuni "Yangi O‘zbekiston bog‘i"da "Yangi nafas" yugurish sport tadbirlarini o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda// “Mehr daftari” tizimi yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi //Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda holat vazirliklari hamkorligidagi taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi // O‘zbek jang sanʼati sport turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Milliy gvardiya qo‘mondonining kubogi" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazilmoqda va respublika bosqichiga saralanmoqda / / Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostidagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. / / Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish bo‘yicha "Dolzarb 40 kunlik" boshlandi./ / Hukumat qarori bilan (598-son, 14.10.2022 y.) "Davlat organlari va tashkilotlari idoraviy qorovullik bo‘linmalarining huquqbuzarlik va hodisalar yuzasidan ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini xabardor qilish hamda o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi

 O‘ZBYEKISTON RYeSPUBLIKASI MILLIY GVARDIYA TARIXI VA FAOLIYATI

 O‘zbek davlatchiligi tarixi va taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash hamda davlat ob’ektlarini qo‘riqlash muhim vazifa hisoblangan. Tarixiy manbalarda sohaga doir qabul qilingan hujjatlar asosida, mamlakatda ichki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida faoliyat olib borgan tuzilmalarning nomi, boshqaruv strukturasi, vazifalari va xizmat faoliyati doimiy ravishda o‘zgarib borganligi kuzatiladi.

Bugungi kunda jamoat tartibini saqlash, aholi tinchligi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda ichki qo‘riqlash kabi vazifalarni amalga oshirayotan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarixi aynan shu sohaga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tarkibida boshlangan.

«Gvardiya» so‘zi – qo‘riqlamoq, saqlamoq degan ma’noni anglatadi. Gvardiya dastlab harbiy boshliqning shaxsiy soqsichi vazifasini o‘tagan bo‘lsa, keyinchalik gvardiyadan jangovar kuch sifatida foydalanila boshlangan hamda bu so‘z qo‘shinlarning alohida saralangan qismini anglata boshladi.

Gvardiya mazmunidagi askariy qism O‘rta Osiyo xalqlarida ham mavjud bo‘lgan. Masalan, Somoniylar davlati qo‘shinida “turk g‘ulomlari”, Amir Temur qo‘shinining bahodirlar” qismi shular jumlasidandir.

Tarixiy ma’lumotlarda jandarm turkumidagi bunday qo‘shin turidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, ichki qo‘riqlash maqsadida foydalanilganligi ma’lum.

1918 yil 28 noyabrda Turkiston Respublikasida Ichki va tashqi ishlar komissarligi tashkil etilishi bilan, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat organlari faoliyatida yangi davr boshlandi (Ilova №1).

1919 yil 28 mayda RSFSR Ishchi va dehqon mudofaasi Sovetining Farmoni bilan Respublika Ichki qo‘riqlash qo‘shinlari tashkil etildi.

Turkistonda Ichki qo‘riqlash qo‘shinlari (IQQ)ni tuzish zaruriyati vujudga kelishi bilan, 1920 yil 29 aprelda Turkiston Respublikasi Komissarlar Sovetining 33-sonli maxsus Qarori bilan Ichki ishlar Komissarligi tarkibida Ichki qo‘riqlash qo‘shinlari shtabi tuzildi (Ilova №2).

Keyingi yillarda BXSR (Buxoro xalq sovet respublikasi) va XXSR (Xorazm xalq sovet respublikasi) davlatlarida ichki ishlar xalq nozirligi tashkil etilgan bo‘lib, ular jamoat tartibini saqlash, aholini ijtimoiy himoyalash, shaharlarni qo‘riqlash kabi vazifalarni bajarishgan bo‘lib, mamlakatlarning ichki tartibini saqlashga mas’ul bo‘lgan.

Masalan, 1921 yil 18 maydan 23 mayga qadar o‘tkazilgan Butunxorazm sovetlarining II-qurultoyida, shuningdek, XXSR Ijroiya Qo‘mitasining 1921 yil 26 maydagi “Ichki ishlar xalq nozirligi tashkil etish va Fayzrahmon Vaysovni Ichki ishlar xalq noziri etib tayinlash to‘g‘risida”gi Qarori bilan XXSR Ichki ishlar xalq nozirligi tashkil etildi (Ilova №3).

1923 yilda SSSR Xalq komissarlari Kengashi huzurida Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi tashkil etilib, davlat ichki qo‘riqlash masalalari ushbu tashkilot tomonidan tartibga solingan.

1924 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududida Ichki qo‘shinlar tarkibida qorovul qo‘shinlari sifatida tashkil topgan.

Turkistonda tuzilgan Ishchi-dehqon militsiyasi jamoat tartibini saqlash ishlarida ham faol bo‘lib, 1925 yil 1 dekabrda “O‘zbekiston SSRning Sovet Ishchi-dehqon militsiyasi haqida Nizomi” qabul qilindi (Ilova № 4).

Jamoat tartibini saqlash maqsadida 1934 yil 10 iyulda SSSR Markaziy ijroiya qo‘mitasi qarori bilan Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) qayta tashkil etilib (dastlab 1917 yil 9 noyabr tashkil etilgan) Ichki qo‘shinlar uning tarkibiga kiritildi.

1937 yilda NKVDning Chegara va ichki qo‘shinlar bosh boshqarmasi tuzilib, uning ittifoq respublikalaridagi bo‘limlari tashkil etildi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida NKVD Ichki qo‘shinlar tarkibida o‘zbekistonliklar ham faoliyat olib borishgan.

Odatda, ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy qism va harbiy xizmatchilarning unvonlariga gvardiya, gvardiyachi so‘zlari qo‘shilganligiga guvoh bo‘lamiz. Aslida buning Ichki qo‘shinlarga bevosita daxli bo‘lmasdan, urush yillarida chidamli, uyushgan va intizomiy askariy qismlarga faxrli gvardiya unvonini berish an’anasi mavjud bo‘lib, bunday unvonga SSSR Qurolli Kuchlarining aksariyat qo‘shinlari tarkibidagi qism va harbiy xizmatchilar sazovor bo‘lishgan.

Masalan, 1941 yil 21 sentyabrda 1-nchi Moskva motolashtirilgan o‘qchi diviziyasiga, 26 sentyabrda esa 64-nchi, 107-nchi va 12-nchi o‘qchi diviziyalarga gvardiya unvoni berildi. 1941 yil 11 noyabrda 4-nchi tank brigadasiga, sal o‘tmay, 18 noyabrda – 316-nchi o‘qchi diviziya gvardiya unvonini oldi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSR NKVD Ichki qo‘shinlarining ichki qo‘riqlashga oid ayrim qism va bo‘linmalari O‘zbekistonda tashkil etilgan bo‘lib, jumladan, Toshkent shahrida10-motoo‘qchi polk, NKVD temiryo‘l inshootlarini qo‘riqlash qo‘shinlarining 30-brigadasi (Turkiston-Sibir, Toshkent va Ashxoboddagi temiryo‘l ob’ektlarini qo‘riqlash bo‘yicha), NKVD konvoy qo‘shinlarining 1 polk va 2 alohida batalondan iborat 47-brigadasi, NKVD Ichki qo‘shinlarining temir yo‘llar va alohida muhim ishlab chiqarish korxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha 30-brigadasi, Qo‘qon shahrida esa 19-Qizil bayroqli kavaleriya polki faoliyat yuritgan.

1942 yil Toshkentda NKVD Ichki qo‘shinlarining 162-o‘qchi diviziyasi tashkil etilgan. Diviziya 18 ta tuzilmani o‘z ichiga olib, Ikkinchi jahon urushi yillarida SSSR 3-gvardiya armiyasi, 6, 13, 65, 70-armiyalari tarkibida Markaziy, Belorussiya, 1-Ukraina, 2-Belorussiya frontlaridagi janglarda ishtirok etishgan.

Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan va ko‘plab orden va medallarga sazovor bo‘lgan B.X.Sirojiddinov, L.A.Troynin, G.P.Shimko, X.X.Ubaydullayev, A.P.Topchiy, S.N. Bulыchev, I.P.Ramaщenko, Ye.S.Sokolovskiylar urushdan keyingi yillarda Ichki qo‘shinlar safida rahbar lavozimlarda faoliyat olib borishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2021 yil 27 oktyabrdagi buyrug‘iga asosan, Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida joylashgan Rossiya davlat harbiy arxivida bo‘lishdi.

Arxivda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan xizmat vazifalari bilan shug‘ullangan tuzilmalarning 1918-1960 yillardagi tarixiga oid muhim ma’lumotlar o‘rganildi (Mazkur davrga oid ma’lumotlar O‘zbekistondagi arxivlarda uchramaydi);

Xususan, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarigacha faoliyat ko‘rsatgan va jamoat xavfsizligini saqlash ishlariga mas’ul bo‘lgan 88-konvoy diviziyasining                 1939-1960 yillarga oid ma’lumotlari qo‘lga kiritildi;

NKVD ichki qo‘shinlarining turli bo‘linmalarida xizmat qilgan, ikkinchi jahon urushidagi jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan, taqdirlangan qahramonlar (X.Sulaymonov, N.Qurbonov, T. Umarov, I.Kombarov, N.Avidov M.Tonkachayev, T.Babayev) haqida ma’lumotlar qo‘lga kiritildi (ILOVA 10);

Ikkinchi jahon urushi arafasida O‘zbekistonda tuzilgan, keyinchalik boshqa shaharlarga ko‘chirilgan NKVD Ichki qo‘shinlarining tuzilmalari, ayniqsa Toshkent va Farg‘ona shaharlarida tuzilgan polklar haqida ilgari uchramagan ma’lumotlarga ega bo‘lindi;

Qo‘riqlash organlari bo‘yicha ma’lumotlar (xususan temir yo‘llarni qo‘riqlash)ga ega bo‘lindi, ayniqsa IIV qo‘shinlarining Toshkent shahrida joylashgan temir yo‘llarni qo‘riqlash bo‘yicha 24-alohida o‘qchi batalonining 1932-1946 yillarga oid tarixi bo‘yicha ma’lumotlar qo‘lga kiritildi.

Urushdan keyingi yillarda SSSR IIV IQ qaytadan isloh qilinib, uning respublikalardagi faoliyatlari kengaytirilib, O‘zbekistonda bu davrda soha faoliyatida B.X. Sirojiddinov, A.M. Chekmaryov, S.K. Ivanov, N.V. Sitsilin, A.I. Yevetigniyev, F.K. Shpak, A.U. Djurayev, A.Atayev, I.G. Aleksandrov, M.F. Kotyuxin, I.A. Salimov, S.M. Saxatov va boshqa ko‘plab  harbiy xizmatchilar faol  ishtirok etganlar.

1954 yil mart oyida Toshkent shahriga Ittifoq konvoy qo‘shinlari 10-bo‘limi boshqarmasining ko‘chirib keltirilishi O‘zbekistonda Ichki qo‘shinlarning doimiy faoliyati yo‘lga qo‘yilishining asosi bo‘ldi.

SSSR Ministrlar Sovetining 1960 yil 13 yanvardagi № 4416-sonli Qarori asosida, SSSR IIVning Ichki va konvoy qo‘shinlari Bosh boshqarmasining tugatilishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR hududiga joylashtirilgan harbiy qismlar O‘zSSR IIV yurisdiksiyasiga o‘tkazildi.

Urushdan keyingi yillarda jamoat tartibini saqlash ishlarida ko‘ngilli xalq drujinalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1959 yil
30 sentyabrdagi “Jamoat tartibini saqlovchi Ko‘ngilli xalq drujinalari to‘g‘risida Nizom” asosida mamlakat ichki tartibini saqlashdagi roli belgilab berildi (Ilova №5).

1962-1968 yillarda Ittifoq respublikalarida Jamoat tartibini saqlash vazirliklari tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston SSSR Jamoat tartibini saqlash vazirligi tasarrufida Ichki qo‘shinlar, ichki va konvoy qo‘riqlash qo‘shinlari faoliyat yuritgan (Ilova №6). 3-darajali ichki xizmat generali X.Yax’yayev O‘zSSR jamoat tartibini saqlash vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

SSSR JTSV (Jamoat tartibini saqlash vazirligi)ning 1967 yil 9 yanvaridagi № 001 sonli buyrug‘i bilan 1967 yil fevralda konvoy qo‘shinlarining 10-bo‘limi asosida SSSR JTSV ning O‘rta Osiyo bo‘yicha 62–Ichki qo‘shinlar, Ichki va konvoy qo‘riqlash bo‘limi Boshqarmasiga aylantirildi.

SSSR IIVning 1968 yil 28 noyabrdagi № 0055 sonli buyrug‘i bilan O‘rta Osiyo bo‘yicha Ichki va konvoy qo‘riqlash qo‘shinlarining
62-bo‘limi SSSR IIVning 88–konvoy diviziyasi (7476 harbiy qism, Toshkent shahri) deb qayta nomlandi (Ilova №7, Jadval №2).

88-konvoy diviziyasi (ilgarigi 10-bo‘lim, 62-bo‘lim) tashkil etilganda, uning tarkibi diviziya boshqarmasi (74 nafarlik shaxsiy tarkib), 582, 583, 584, 585, 586 konvoy polklari, 68 alohida motoo‘qchi bataloni, o‘quv bataloni, 32 (Toshkent sh.), 33 (Dushanbe sh.), 34 (Ashxabod sh.) alohida maxsus motorlashgan militsiya batalonlaridan iborat bo‘lgan.

Diviziyani 1960-1980 yillarda general-leytenant B.X.Sirojiddinov (shtab boshlig‘i p-k Troynin, p-k Sokolovskiy), 1981-1987 yillarda general-mayor V.D.Solodkov (shtab boshlig‘i p-k Yu.A.Osipyan) 1988-1990 yillarda polkovnik Yu.A.Balaxanov (shtab boshlig‘i p-k M.P.Salyutin), 1990-1991 yillarda polkovnik M.P.Salyutin (shtab boshlig‘i p-k A.S.Rыbka), 1991-1992 yillarda polkovnik A.S.Rыbka (shtab boshlig‘i p-k Yu.A.Semenov) boshqargan.

SSSR Prezidentining 1991 yil noyabrdagi Farmoni hamda SSSR Ichki ishlar vazirining 1991 yil 28 noyabrdagi “Ichki qo‘shinlarning konvoy, maxsus motorli militsiya qismlarini ittifoq respublikalari tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi № 84 sonli buyrug‘i asosida 88 konvoy diviziyasi O‘zbekiston Respublikasi IIV tasarrufiga o‘tkazildi va 88 diviziya deb qayta nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining mustaqillik davridagi tarixi qator islohotlarda o‘z aksini topdi.

«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunga, «Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi haqida»gi 1991 yil 21 dekabrdagi Shartnomaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 yanvardagi “SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari va o‘quv yurtlari to‘g‘risida” PF-318-son Farmoni (Ilova №8) asosida SSSR Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan qo‘shilmalari, alohida qismlari va bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasiga olindi va respublika Ichki ishlar vazirligi qaramog‘iga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 24 yanvardagi № 32 sonli Qarori (Hujjat 04.05.2018 yilda o‘z kuchini yo‘qotgan) asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Ichki qo‘shinlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimi ta’sis etildi.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» 1991 yil 31 avgustdagi Qonunining oltinchi moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 23 yanvardagi 29-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fuqarolarning konstitutsion huquqlari va erkinliklarini va hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-harbiy qismi negizida O‘zbekiston Respublikasining Milliy Gvardiya brigadasi tuzildi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (62814 harbiy qism) tasarrufiga o‘tkazildi (Ilova №9).

1999 yildan keyin O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlar faoliyatida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yildagi bir qator qarorlari asosida Ichki qo‘shinlar tarkibida maxsus bo‘linmalar tashkil etildi va ularning faoliyati tegishli huquqiy asoslar bilan tartibga solindi.

2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ichki qo‘shinlarining maxsus bo‘linmalari negizida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linma tashkil etildi va Ichki qo‘shinlarning kelgusi taqdiri Mudofaa vazirligi tizimi bilan bog‘landi.

Bu davrda Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus bo‘linmaga general-mayor N.I.Usmanbekov, general-mayor R.O.Eminjanov va general-mayor Isabayevlar rahbarlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yildagi qator farmonlari asosida maxsus bo‘linmalarning nizomlari tasdiqlanib, alohida tuzilmalarga oid kompleks masalalar tartibga solindi. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan mazkur bo‘linmalar faoliyati takomillashtirildi va hududiy xususiyatlarni inobatga olgan maxsus bo‘linmalar tarkibida alohida tuzilmalar tashkil etildi.

Mazkur tuzilma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yildagi Qarori asosida nom va tuzilma jihatdan o‘zgartirilib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibida ichki vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘linma sifatida qayta tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yildagi qarori asosida “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi hamda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq, shuningdek, turli noqonuniy xatti-harakatlar, jinoyatlardan xabardorlik va uni oldini olish, huquqbuzarliklar, qonunlarga qarshi xatti-harakatlar va mamlakat xavfsizligiga tahdidlarni oldini olishda Ichki ishlar vazirligining jangovar xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi ichki vazifalarni bajarishga mas’ul bo‘linma Ichki ishlar vazirligining tarkibiga o‘tkazildi va ayni masalalarga mas’ul etib belgilandi.

Ichki qo‘shinlarning keyingi taqdiri esa, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir vazifalarga mas’ul bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Quroll Kuchlari qo‘shinlarining maxsus turi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tashkil etilishi bilan bog‘langan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi hududiy yaxlitligi va davlat suverenitetini himoya qilish, fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Ichki vazifalarni bajaruvchi bo‘linmasi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus brigadasi bazasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvarliyasi faoliyatini tartibga solish maqsadida 2020 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi 647-sonli Qonuni qabul qilindi va 2021 yilning 17 may kunidan rasman kuchga kirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 16 martdagi Farmoni bilan general-mayor R.M.Djurayev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni etib tayinlangan. 

Qo‘riqlash xizmati faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 555-sonli Qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibiga o‘tkazildi.

Qaror asosida quyidagilar Qo‘riqlash xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:

davlat ob’ektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashni tashkil etish;

davlat qo‘riqlash tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish, qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish, idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari ob’ektlarida ichki rejim va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish;

qo‘riqlanayotgan ob’ektlarda ichki rejim, ruxsat berish rejimlari va mol-mulkni qo‘riqlashni, jamoat tartibini saqlashni hamda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashishni ta’minlash;

qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy etish, qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni hamda ulardan foydalanish bo‘yicha samarali nazoratni amalga oshirish;

aholining O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash xizmatidan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi targ‘ibot-tashviqot chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini quyidagi xizmat turlari orqali ishonchli qo‘riqlanishini ta’minlaydi:

- texnik qo‘riqlash markazlari ishtirokida;

- saf bo‘linmalari yordamida;

- harbiylashtirilgan soqchilik bo‘linmalari orqali;

- qorovul bo‘linmalari ishtirokida;

- tashvish tugmalari yordamida;

- ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni yong‘indan ogohlantiruvchi signalizatsiya vositalari orqali qo‘riqlash;

- kirib-chiqish nazorati va boshqaruv qurilmalari bilan ishlash;

- kabelli kollektorlar va magistrallar qurilmalarini qo‘riqlash;

- uzoq masofalardan aniqlaydigan qurilmalar yordamida ob’ektlarni qo‘riqlash;

- telefon aloqasi mavjud bo‘lmagan joylarda GSM uyali aloqa kanallari orqali qo‘riqlashni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4997-son Qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etish etildi.

 

Diqqat!!! Milliy gvardiya tarixiga oid ma’lumotlar to‘ldirilmoqda!!!

Text to speech