1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatiladi
Maʼlumki, yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgan davrda qator yo‘nalishlarda karantin cheklovlari yumshatilgan edi. Biroq bugungi kunda kasallikka chalinganlar sonining oshishi hisobiga aholi gavjum bo‘ladigan tadbirlarni biroz cheklashni sharoit taqozo qilmoqda.
Joriy yilning 1 aprelidan, yaʼni bugundan boshlab mamlakatimiz hududida ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlar o‘rnatildi.
Shuningdek, ushbu kundan respublikamiz bo‘ylab “COVID-19” infeksiyasiga qarshi joylardagi tibbiyot punktlarida fuqarolarni ommaviy emlash tadbirlari boshlandi.
Yurtimizda o‘rnatilgan cheklov talablariga rioya qilinishi yuzasidan Milliy gvardiya hamda masʼul vazirlik xodimlari hamkorligida aholi o‘rtasida profilaktika va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilishi kuchaytirildi.