Milliy gvardiya hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan “Vatanparvarlik, fidoyilik va shukronalik oiladan boshlanadi” shiori ostidagi tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupovlar ishtirok etdi. Dastlab davra suhbati avvalida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan videorolik namoyish etildi. Milliy gvardiyaning hududiy bo‘linmalaridan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan oilalar nutq so’zladi.
Tadbirda gvardiyachi qizlar tomonidan jangovar o’quv ko’rgazmali chiqishlar, mehnat yarmarkasi, kitob yarmarkasi milliy hunarmandlik namunalari ko’rgazmasi namoyish etildi. Ayniqsa Milliy gvardiya saflarida xizmat qilayotgan sher yurak qizlarning ko’rgazmali harakatlariga yuqori baho berildi va ular bilan suhbat davomida minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, Milliy gvardiya Toshkent viloyati Chavandozlar maktabi tomonidan oilalar va bolajonlar uchun otlarda sayr tashkil etildi.