Hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida yurtimizga yashirincha olib kirilayotgan BFQ vositalari aniqlandi
Joriy yilning 11 mart kuni Xorazm viloyatida Milliy gvardiya va Bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari hamkorligida sifati kafolatlanmagan BFQ (biologik faol qo'shimcha) vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro M.O‘. boshqaruvidagi avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda avtomashina yukxonasida bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 25,5 mln. so‘mlik 1000 dona “Samyun Wan” hamda 1800 dona “Fatzorb” yozuvli sifati kafolatlanmagan BFQ vositalari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.