KORRUPSIYA VA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISHGA BARCHAMIZ MASʼULMIZ
Kuni kecha Jizzax shahar yoshlar innovatsion markazida aholi bandligini taʼminlash va Milliy gvardiya tizimlarida xizmat qilish istagini bildirgan yoshlar va ularning oila aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir "Yoshlar o‘rtasida korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olishga barchamiz masʼulmiz" mavzusida bo‘lib, unda Milliy gvardiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi masʼul xodimlari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va mahalla faollari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olganlar tomonidan korrupsiya illatning salbiy oqibatlari, uning oldini olish choralari, shuningdek bugungi kunda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Uchrashuv so‘ngida Milliy gvardiya safida xizmat qilish istagini bildirgan nomzodlarga ishga qabul qilish tartibi va tanlov shartlari to‘g‘risida to‘liq maʼlumotlar berildi.