Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida tahsil olgan navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʻquv markazida tahsil olgan tinglovchilarning navbatdagi bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida 14 nafar Mudofaa Vazirligi maxsus boʻlinmalari va 59 nafar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga maxsus tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganliklari munosabati bilan sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
Kurs davomida tinglovchilarga markazning tajribali oʻqituvchilari tomonidan harbiy mutaxassisliklar boʻyicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Jumladan, oʻq otish, balandlik ishgʻol qilish, ruhiy-jismoniy tayyorgarlik, aloqa yoʻnalishi, maxsus-taktik tayyorgarlik, moddiy-texnik taʼminot, muhandislik hamda taktik-tibbiy tayyorgarlik fanlari boʻyicha kompleks mashgʻulotlar tashkil etildi.
Mazkur mashgʻulotlar tinglovchilarga xizmat faoliyatlarida zarur boʻladigan bilim va koʻnikmalarni puxta egallash imkonini berdi.
Bitiruv marosimi yakunida tinglovchilarga sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Tadbir ishtirokchilari bu jarayonni ulkan faxr va masʼuliyat bilan qarshi oldilar.