O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi / / Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" doirasida respublikamizning barcha hududlarida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ko‘chat ekish va bog‘lar tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida Kuch tuzilmalari oliy o‘quv muassasalari kursant va talabalari o‘rtasidagi spartakiadaga start berildi / / Milliy gvardiya tizimidagi inspektor-psixologlar hamda yangi tizimdagi maktab qorovullarining xizmat faoliyatini yana-da takomillashtirishga qaratilgan o‘quv-seminariga bugundan start berildi. Mazkur o‘quv seminarlari respublikamizning barcha viloyatlarida  bo‘lib o‘tadi // Namangan viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari uchun sayyor qabul va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy hayotida xotin-qizlar mavqeini oshirishga oid masalalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi / / Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan harbiy xizmatchilarni munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi va unda ko‘krak nishonlar o‘z egalariga topshirildi // Toshkent viloyatida aholini, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida hamkor vazirliklar tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi / / Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilar bilan dala-o‘quv maydonlarida amaliy o‘q otish hamda taktik-tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya saflarida xizmat qilishga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarning Vatanga va Milliy gvardiyaga xizmat qilishlari to‘g‘risidagi qasamyodiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga doir chora-tadbirlar / / 25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni! Ushbu sana munosabati bilan barcha Ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylarini Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etamiz! / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “BRIKS plyus” formatidagi sammitda so‘zlagan nutqi  / / Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelayotgan harbiy xizmatchilar bilan dala-o‘quv maydonlarida amaliy o‘q otish hamda taktik-tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borildi / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya saflarida xizmat qilishga yangi qabul qilingan harbiy xizmatchilarning Vatanga va Milliy gvardiyaga xizmat qilishlari toʻgʻrisidagi qasamyodiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. // “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi / / Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining yuqori bosqich kursantlari dala o‘quv poligonlarida amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda  / / Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasining "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" boshlandi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ham hududlarda daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash shuningdek, muhofazasini taʼminlash ishlari tashkillashtirilmoqda / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari o‘rtasida sportning sambo turi bo‘yicha musobaqa g‘oliblari aniqlandi // Saylovlarni oʻtkazishda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi / / Olmaliq shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyati rivojining hozirgi holati va kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi / / Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi 2 yoshda! / / Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun! Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Von Do Yon bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya markazining xizmat itlari MDH davlatlari chempioni nominatsiyasini qo‘lga kiritdi  / / “Milliy gvardiya qo‘shinlarida jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud muammo va takliflar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi  / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Dovyurak jangchi” farqlovchi nishoni uchun intensiv sinovlari bo‘lib o‘tdi  / / Jizzax viloyatida Milliy gvardiya tizimidagi mutaxassis-kinologlar bilan “Dog-biatlon”, "Mina qidirish" va “Antiterror” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng yaxshi kinolog” sport musobaqasi o‘tkazildi  

Ўз O'z Ру En

MILLIY GVARDIYA TIZIMIDA O‘TKAZILGAN “BAXSHICHILIK SAN’ATI” RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

Surxondaryo viloyatida Milliy gvardiya tizimida o‘tkazilgan "Baxshichilik san’ati" tanlovining Respublika bosqichi yakunlandi. Shu munosabat bilan, Termiz shahridagi “San’at saroyida” g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i M.Zikirova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Z.Bo‘ronov hamda Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutasaddi rahbarlari ishtirok etdilar. Aytish kerakki, ikki kun davom etgan “Baxshichilik san’ati” ko‘rik tanlovi, sohadagi san’atsevar xodimlarning iste’dodlarini namoyon etishlariga xizmat qildi. Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar, o‘z hududlarining milliy urf-odatlari, qadriyatlari va san’atini ko‘rsatib berdilar.

Baxshichilik san’atini asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish, tizim harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik tanlov, ko‘plab yangi baxshilarni kashf etdi. Do‘mbira sadosi ostida yangragan dostonlar, ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar ko‘ngillarga xushnudlik bag‘ishladi. Har bir ishtirokchilarning chiqishlari O‘zbekiston Xalq baxshilari hamda madaniyat mutaxassislari tomonidan baholab borildi.

Tanlovda ishtirokchilar cholg‘u asboblarida kuy chalish va dostonlardan termalar ijro etish shartlari bo‘yicha bellashdilar. Qatnashchilarning to‘plagan ballariga ko‘ra tanlov g‘oliblari aniqlandi. Unga ko‘ra, 1-o‘rinni Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kapitan E.Xurramov egallab, birinchi darajali diplom hamda 5 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi. 2-o‘ringa Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimi Q.Sooddinov loyiq deb topilib, ikkinchi darajali diplom va 3 000 000 so‘m pul mukofoti sohibi bo‘ldi. 3-o‘ringa esa Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi safdor xodimi Sh.Komilov munosib deb topilib, uchinchi darajali diplom va 2 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi ishtirokchi” nominatsiyasi bo‘yicha ham faol ishtirokchilar aniqlanib, ular 1 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Barcha ishtirokchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari tuhfa etildi. Shundan so‘ng, marosim qatnashchilari, diltortar baxshiyona termalar, dostonlar tinglab milliy san’atimiz jozibasidan yana bir bor bahramand bo‘ldilar. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir, kuy-qo‘shiq va raqslarga ulanib ketdi. Baxshichilikni harbiy xizmatchilar va yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ularning qalbida bu betakror san’at turiga mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, mohir ijrochilarni aniqlash va munosiblarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlov, barchada ulkan taassurot qoldirdi.

Text to speech