NOQONUNIY SAQLANAYOTGAN PSIXOTROP DORI VOSITALARI ANIQLANDI
Joriy yilning 11 fevral kuni Andijon viloyatida IIB, DXX, Milliy gvardiya va viloyat Prokuraturasi xamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda olingan xabarga ko‘ra giyohvand moddalarni noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning yashash joylari aniqlanib tekshiruv o‘tkazildi .
Andijon shahrida yashovchi fuqaro X.G.(ayol kishi)ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda noqonuniy ravishda saqlanayotgan psixotrop dori vositalari, yaʼni “Tropikamid” (79 dona), “Lirika” (1420 dona), “Regapen” (1 274 dona) va 1 ta pnevmatik qurol borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan. Holat yuzasidan Andijon shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.