NURAFSHON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA KAMONDAN OTISH SEKSIYASI TASHKIL ETILDI
Joriy yilning 29 noyabr kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida joylashgan Prezident maktabi binosida Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan sportning Kamondan otish turi bo‘yicha doimiy faoliyat olib borishga mo‘ljallangan to‘garak tashkil etildi.
Endilikda mazkur taʼlim muassasasidagi o‘quvchilar, muntazam ravishda Kamondan otish sport turi bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shu kuni murabbiylar tomonidan o‘quvchilarga kamondan otish sirlari, yoylarni qanday yo‘naltirish texnikasi va nishonni aniq mo‘ljalga olish sir asrorlari borasida maʼlumotlar berilib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Eslatma o‘rnida bugungi kunga kelib Toshkent viloyati hududida 8 ta seksiyada 867 nafar yoshlar kamondan otish to‘garaklarida o‘z mahoratlarini oshirishmoqda. Kelajakda bu yoshlar mamlakatimiz nufuzini yana-da oshiradigan, jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘taradigan munosib sportchilar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildiramiz.