ASKARLARNING TANTANALI KUZATUV MAROSIMI BO‘LIB O‘TMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni tantanali kuzatish marosimlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan birida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev, Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi E.Salixov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori general-mayor Sh.Uzakov, Chirchiq shahri hokimi S.Yusupov va sektor rahbarlari qatnashdilar.
Marosimda Milliy gvardiya qo‘mondoni so‘zga chiqib, tizimda xizmat qilgan muddatli harbiy xizmatchilar bir yil davomida tajribali ofitser va serjantlardan harbiy hayot sirlarini o‘rganganini taʼkidlab, namunali xizmat o‘tagan askarlarga tavsiyanoma va tashakkurnomalarni tantanali tarzda topshirdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari muddatli harbiy xizmatchilarga egallagan bilim va ko‘nikmalarini kelgusida Vatanimiz ravnaqi yo‘lida safarbar qilishlariga ishonch bildirib, oq yo‘l tiladilar.