QASHQADARYO VILOYATIDA SPORTNING TAEKVON-DO TURI BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI
Mamlakatimizda yoshlarni omaviy sportga jalb qilish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga va ularni iqtidoriga qarab sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratib berishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar qatori O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida maʼlumot berilgan edi.
Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikdagi chora tadbirlar respublikamiz bo‘ylab boshlab yuborildi. Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi 2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida, o‘smir bolalar va qizlar o‘rtasida Taekvon-Do sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqa fikrimiz dalilidir.
Unda Qarshi va Shahrisabz shaharlari shuningdek, Kitob, G‘uzor, Yakkabog‘, hamda Qamashi tumanlaridan jami 250 dan ortiq yosh sportchilar 40 ta vazn toifasida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa avvalida sportchilarga Milliy gvardiya Qo‘rqlash boshqarmasi hamda viloyat Taekvon-Do ITF milliy federatsiyasi rahbarlari tomonidan samimiy tilaklar bildirildi.
Qiziqarli kechgan bellashuvlar yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar va yosh sportchilar tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirilib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.