Samarqand viloyati Bog‘ishamol sport kompleksida Qo‘l jangi musobaqasi o‘tkazildi.
Kuni kecha Samarqand shahrida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyatning barcha tumanidagi 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi o‘g‘il-qizlarni jalb etgan holda “Bog‘ishamol sport kompleksi”da Qo‘l jangi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada 200 ga yaqin sportsevar yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar medallar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.