SAYYOR QABULLAR – MUAMMOLAR YECHIMIGA XIZMAT QILMOQDA
Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov rahbarligida sayyor qabul tashkil etilib, unda Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Z.Bo‘ronov, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Saidov hamda Termiz harbiy prokurori adliya podpolkovnigi Sh.Toshmatov tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila a’zolarining murojaat, muammo va takliflari tinglandi. Qabul davomida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj, bandlikni ta’minlash, imtiyozli kredit olish tartibi hamda boshqa ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaatlar to‘liq o‘rganilib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga qonunda belgilangan huquq va erkinliklardan barcha fuqarolar birdek foydalanish imkoniyatiga ega ekanligi tushuntirilib, huquqiy maslahat va tavsiyalar olish uchun istalgan vaqtda murojaat etish mumkinligi ta’kidlandi.