SURXONDARYO YIGITLIK BURCHINI O‘TAYOTGAN ASKARLAR OTA ONALARI BILAN VIDEOMULOQOT O‘TKAZDI
O‘zbekiston respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" bayrami arafasida respublikamizning turli viloyatlari o‘z yigitlik burchini bajarayotgan askarlar va ularning ota-onalariga quvonch ulashish hamda ularning dildan suhbatlashib bir birlariga bayram tabriklarini ulashishlarini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida videomuloqot tadbiri tashkillashtirildi.
Tadbir davomida, muddatli harbiy xizmatchilarimiz ota onalaridan bayram tabriklarini qabul qilgan holda yaqinlariga o‘z sog‘inchli tilaklarini yo‘lladilar.