O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga nomzodlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 noyabr kunidagi  971-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyiga o‘quvchilarni tanlab olish, o‘qishga qabul qilish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining 5-sinfiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-sinfini bitirgan o‘quvchilarni (keyingi o‘rinlarda nomzod deb ataladi) tanlab olish orqali o‘qishga qabul qilinadi.

Nomzodning bilim saviyasi, kasbiy (ijodiy) va intellektual qobiliyati, dunyoqarashi va psixologik jihatlarini aniqlash tanlab olishning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tanlab olishdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar akademik litseyga belgilangan kvota doirasida qabul qilinadi.

Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish va o‘qishga qabul qilish teng huquqlilik va odillik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.

Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar nomzodlarni tanlab olish jarayonida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.

 

Nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish

Akademik litsey rahbariyati tanlab olishni sifatli va oshkora o‘tkazish maqsadida har yili 1 aprelga qadar, ommaviy axborot vositalari orqali akademik litseyga nomzodlar tanlab olinishi haqida tashviqot tadbirlarini tashkil etadilar.

Qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini 1 - 20 iyun kunlari qabul qiladi.

Tanlab olishda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi:

nomzodning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan akademik litsey direktori nomiga ariza;

nomzodning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan so‘rovnoma;

nomzodning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

nomzodning tibbiy daftarchasi (063 shakl);

6 dona 3x4 sm o‘lchamli rangli fotosurat;

nomzodning o‘qish joyidan baholar tabelining nusxasi;

nomzodning ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) pasportlari nusxalari.

  1. Kirish imtihonlari 20 - 30 iyun kunlari o‘tkaziladi.
  2. Qabul komissiyasi faoliyati davomida murojaat etuvchi fuqarolarga maslahatlar berib boradi.

Akademik litseyga nomzodlarni tanlab olish

va o‘qishga qabul qilish

  1. Akademik litseyga nomzodlar kirish imtihonlarini o‘tkazish orqali tanlab olinadi.
  2. Kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun materiallar akademik litsey hamda Harbiy-texnik institutning yetakchi pedagog va psixologlari tomonidan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
  3. Kirish imtihonlari davlat, rus va qoraqalpoq tillarida qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
  4. Nomzodlar bilan quyidagi kirish imtihonlari o‘tkaziladi:

ona tili (diktant);

matematika (nazorat ishi);

o‘qish;

psixologik sinov (test);

ijodiy imtihon (musiqa).

  1. Kirish imtihonlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

ona tili bo‘yicha diktant matnining hajmi 110 - 120 so‘zdan iborat bo‘ladi, diktantni yozish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;

matematika bo‘yicha nazorat ishini o‘tkazish uchun nomzodlarga 4 ta topshiriq (2 ta misol va 2 ta vazifa) beriladi, ularni yechish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi;

o‘qish bo‘yicha imtihonni o‘tkazish uchun nomzodga matn taqdim etiladi, o‘qish tezligi bir daqiqaga 70 so‘zdan kam bo‘lmasligi kerak;

psixologik sinov uchun nomzodlarga 20 ta test savollari beriladi, ularni yechish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ijodiy imtihonni o‘tkazish davomida nomzodning ijro etish usuli, xotira, eshitish qobiliyati va mustaqil tayyorlangan chiqishi baholanadi. Ijodiy imtihonni o‘tkazish uchun har bir nomzodga 15 - 20 daqiqa vaqt ajratiladi.

  1. Nomzodlarga ijodiy sinovlar o‘tkaziladigan binoga o‘zi bilan musiqa asbobi, ijodiy ishni bajarish uchun zarur anjom olib kirishlariga ruxsat etiladi.
  2. Nomzodlar barcha sinovlarning umumiy natijasi ketma-ketligi bo‘yicha belgilangan kvotaga muvofiq o‘qishga qabul qilinadi.
  3. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan holatlarda, ular akademik litseyga belgilangan kvotadan tashqari qabul qilinadi.
  4. Kirish imtihonlari 100 ballik tizimda akademik litseyga kirish uchun imtihonlarni umumiy baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
  5. Imtihonlarga kelmagan nomzodlar bilan takroriy imtihonlar o‘tkazilmaydi.
  6. Akademik litsey direktori 3 iyulga qadar Qabul komissiyasi yig‘ilishining bayonnomasi asosida nomzodlarni akademik litseyga o‘quvchilar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
  7. 23. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari akademik litsey qabul komissiyasi tomonidan 5 iyulgacha e’lon qilinadi.
  8. 24. Kirish imtihonlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzodlarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) akademik litsey direktori buyrug‘i bilan tuziladigan appelyatsiya komissiyasiga natija e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun davomida appelyatsiya berish huquqiga ega.
Text to speech