Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sportining polo turi boʻyicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi.   ///  Yongʻinlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi.   /// Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlar fosh etilib, qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.   /// Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Qo'mondon o'rinbosarining tizimdagi yoshlar bilan" uchrashuvi   ///   Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kinologiya markazining ochilish marosimi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mutaxassis Kinologlari o‘rtasida “Dog biotlon bellashuvi” musobaqasi jarayonlari / / Harbiy xizmatchilarga yangi uy - joylar topshirildi / / 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni / /  Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sertifikatga ega bo‘lmagan pirotexnika vositalari aniqlandi / / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir tashkil etildi / /    O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib rag‘batlantirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida // Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jalgasbay Berdimuratov 87 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi // 22 noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yangi nafas umummilliy harakati doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi yoshlarni bir maqsad sari birlashtirdi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Ўз O'z Ру En

Temurbeklar maktablariga o‘qishga kiruvchi nomzodlar uchun qisqacha

MA’LUMOT

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyun PQ-4375-son “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq,  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi.

“Temurbeklar maktabi”da o‘qish davomiyligi ikki yil bo‘lib, har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi.

Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi Nizom hamda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarning Ustavi asosida amalga oshiriladi.

 

Nomzodlarni saralash tartibi

  1. “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, erkak jinsli O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘qishga qabul qilinadi.
  2. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.

 

Dastlabki tanlash

  1. Dastlabki tanlashning asosiy tadbirlari quyidagilar hisoblanadi:

nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash;

nomzod to‘g‘risidagi turli ma’lumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi
va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirishini tanlashiga asoslar va sabablarni aniqlashtirish;

umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘zlashtirishi, sog‘lig‘i va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;

nomzodlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish.

  1. Nomzodlar uchun dastlabki tanlash “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda har yili 1 apreldan 30 aprelga qadar o‘tkaziladi.
  2. Dastlabki tanlashda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  3. a) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i nomiga ariza;
  4. b) belgilangan shakldagi so‘rovnoma;
  5. v) o‘qish va yashash joyidan tavsifnoma;
  6. g) ta’lim muassasasiga kirayotgan nomzodning tibbiy xulosalar qayd etilgan tibbiy daftarchasi (kartasi);
  7. d) namuna asosida yozilgan batafsil tarjimai hol;
  8. e) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi, mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;
  9. j) fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
  10. z) psixonevrologik, silga qarshi va teri-tanosil kasalliklari dispanserlari, narkologik va odam immuniteti tanqisligi sindromiga (OITS) qarshi kurashish markazlaridan berilgan ma’lumotnoma, laboratoriya tekshirishlari natijalari (qon va peshobning umumiy tahlili, najasni gelmentologik tekshiruvi, qonning biokimyoviy tekshiruvlari: “V” va “S” turdagi virusli gepatit markerlari, ATL, AST, bilirubin (fraksiyalari bilan), umumiy oqsil, timol sinamasi, ko‘krak qafasi flyuorografiyasi, elektrokardiografiya tekshiruvi (EKG), qorin bo‘shlig‘i, siydik ajratish tizimi a’zolari va qalqonsimon bezning, ultratovush tekshiruvi (UTT), ezofagogastroeduodenoskopiya tekshiruvi (EFGDS) xulosalari) bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalar;
  11. i) nomzodning ichki ishlar organlarida ro‘yxatga olinmaganligi holatlarini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  12. k) 4 dona 3,5 x 4,5 sm o‘lchamli va 6 dona 3 x 4 sm o‘lchamli rangli fotosuratlar.
  13. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinish huquqiga ega bo‘lgan ayrim toifadagi nomzodlar, shuningdek test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyozga ega bo‘lgan nomzodlar qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
  14. a) xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g‘olibligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi guvohnoma;
  15. b) o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv bo‘linmalari xizmatchilarining farzandlari:

o‘lim guvohnomasi yoki nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolganligi yuzasidan tegishli vazirlik va idora rahbarining buyrug‘idan ko‘chirma.

  1. v) etim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosog‘lom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan, joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan nomzodlar uchun Voyaga etmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi;
  2. g) Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘olibligini tasdiqlovchi guvohnoma.
  3. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma yoki pasport, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risida guvohnoma, o‘qishga imtiyozli kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari nomzodlar tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kelganda qabul komissiyasiga shaxsan taqdim etiladi.
  4. Quyidagilar “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun rad javobini berilishiga asos bo‘ladi:

nomzodning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;

nomzodga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv o‘tkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilayotganligi;

jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qo‘llanilganligidan qat’iy nazar sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;

yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi.

  1. Dastlabki tanlash natijalari bo‘yicha “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga kirish uchun tavsiya qilingan nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari tomonidan har yili 1 may kuniga qadar mudofaa ishlari boshqarmalariga

 

 

Harbiy-kasbiy tanlash

  1. Harbiy-kasbiy tanlashning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:

taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi ma’lumotlarni o‘rganish;

nomzodlarning yakuniy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish;

nomzodning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash;

nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini o‘rganish;

nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;

nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat o‘tkazish va nomzodlarni test sinovlariga qo‘yish to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilish.

  1. Harbiy-kasbiy tanlash nomzodning yashash joyi bo‘yicha mudofaa ishlari boshqarmalarida har yili 1 maydan 20 iyun kuniga qadar o‘tkaziladi.
  2. Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan nomzodlarning rasmiylashtirilgan shaxsiy yig‘majildlari mudofaa ishlari boshqarmalari orqali “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yuboriladi.
  3. Test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma umumta’lim maktabidan umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomani olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
  4. SHaxsiy yig‘majildlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarning ro‘yxatlarini mudofaa ishlari boshqarmalarigacha etkazish uchun “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi mas’ul hisoblanadi.
  5. Nomzodlarning test sinovlarida ishtirok etish uchun o‘z vaqtida “Temurbeklar maktabi”ga etib kelishi uchun javobgarlik mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlariga yuklatiladi.
  6. “Temurbeklar maktabi”ga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bog‘liq harajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.

 

Test sinovlari

  1. Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi.
  2. Test sinovlari o‘tkaziladigan umumta’lim fanlari bloki O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Nomzodlar test sinovlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra uch tildan – o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.

  1. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari o‘tkazilmaydi.
  2. “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilinmagan (saralashdan o‘tmagan) nomzodlarning shaxsiy yig‘majildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida keyinchalik nomzodlarning yashash joyi bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalariga topshirish uchun mudofaa ishlari boshqarmasi vakiliga beriladi.
  3. Test sinovlarini o‘tkazish sanasi, joyi va vaqtini Davlat test markazi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
  4. Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’limi fanlari (5-9 sinflari kesimida)ning Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuziladi.
  5. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi e’lon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi o‘tkazilgan “Temurbeklar maktabi”da tashkil etilgan apellyasiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari bo‘yicha apellyasiya shikoyati berish huquqiga ega bo‘lib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

 

O‘qishga kirishda ayrim turdagi nomzodlarga

beriladigan imtiyozlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari o‘qishga qabul qilinadi:

xalqaro va respublika fan olimpiadalarining g‘oliblari – belgilangan qabul kvotasi doirasida;

o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv bo‘linmalari xizmatchilarining farzandlari – kvotadan tashqari;

etim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosog‘lom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat ko‘magiga muhtoj bo‘lgan, joriy yilda umumta’lim maktablarining 9-sinfini tamomlagan Voyaga etmagan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida – kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

  1. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbarligida o‘tkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining g‘oliblariga Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovlarida ular to‘plagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

 

“Temurbeklar maktabi”ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi

  1. Nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari safiga qabul qilish Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
  2. Imtiyozlarga ega bo‘lgan (24-bandda ko‘rsatilgan) nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan o‘qishga qabul qilinadi.
  3. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan o‘tgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam bo‘lgan taqdirda test sinovlari o‘tkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
  4. Bir nechta nomzodlarning o‘tish reyting ballari teng bo‘lgan hollarda ular orasida birinchi blok fanidan test natijalari yuqori bo‘lgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng bo‘lib qolgan taqdirda, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yig‘indisi boshqalarnikidan yuqori bo‘lgan nomzod o‘qishga qabul qilinadi.
  5. “Temurbeklar maktabi”ga o‘qishga qabul qilinadigan shaxslar o‘quvchi deb ataladi.

 

“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga beriladigan imtiyozlar

  1. “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning
    30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi. 
  2. “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvafaqqiyatli o‘tish natijasida kirish huquqi beriladi.
  3. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi ko‘krak nishoni beriladi. Ko‘krak nishoni kitel ko‘krak qismining o‘ng tomoniga taqiladi.

 

Murojaat uchun telefon 71.299-85-67

Ishonch telefoni: 71. 236-51-90

Text to speech