Toshkent viloyatining Chimyon tog‘ tizmasida qoyani zabt etish bo‘yicha respublika miqyosida "Alpiniada-2025" musobaqasi bo‘lib o‘tdi va unda Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi
Joriy yilning 28 aprelidan 12 may kuniga qadar Chimyon tog‘ tizmasida qoyani zabt etish bo‘yicha respublika miqyosida "Alpiniada-2025" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va alpinistik klublardan 10 dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi.
Musobaqaning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha turli to‘siqlardan o‘tish va baland cho‘qqilarni zabt etishda Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlar jamoasi faol ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi va yakuniy natijalarga ko‘ra jamoadagi 12 ta kursantga tashkilotchilar tomonidan "Instruktor alpinist" ko‘krak nishoni topshirildi.