📢 DIQQAT, EʼLON!
Milliy gvardiya faoliyatiga bagʻishlangan “Eng yaxshi sheʼr” va “Eng yaxshi qoʻshiq” tanlovi oʻtkazilmoqda!
Maqsad Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari jasorati, fidoyiligi va Vatanga sadoqatini badiiy ifoda etish hvmda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat
🗓 Tanlov muddati: 2026-yil 1-martdan 2027-yil 14-yanvargacha
📌 Tanlovda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, xodimlari, faxriylar, kursantlar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkun.
Yoʻnalishlar:
🎼Eng yaxshi sheʼr
📃Eng yaxshi qoʻshiq
Taqdim etiladigan ishlar: sheʼr yoki qoʻshiq matni, 2 dona 3x4 sm rangli fotosurat, qoʻshiqning audio fayli (MP3) yoki boshqa kerakli hujjatlar.
Tanlov bosqichlari:
1️⃣ Birinchi bosqichga taqdim etilgan ijodiy ishlar (sher va qoʻshiq) joriy yilning 1 avgust kuniga qadar hududiy boshqarma, muassasa va harbiy qismlarda qabul qilinadi.
2️⃣ Respublika bosqichi – hududiy bosqichda gʻolib boʻlgan ishlar Respublika baholash komissiyasiga 5 avgust kuniga qadar taqdim qilinadi va dekabr oyida vatanparvarlik oyligi doirasida konsert tadbirlarida ijro etiladi.
Gʻoliblar 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbirda eʼlon qilinadi va ragʻbatlantiriladi.
Batafsil maʼlumot va ishlarni yuborish uchun Milliy gvardiya hududiy boshqarmalariga murojaat qiling.
Ijodiy ishlaringizni tayyorlang va vatanparvarlik ruhini soʻz va musiqa orqali ifodalang!